• 4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
  • -modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi




    Download 31,84 Kb.
    bet2/12
    Sana21.11.2023
    Hajmi31,84 Kb.
    #102573
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mehnat muxofazasi

    3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi
    Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.
    Ushbu Qonun mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.
    4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati
    Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:
    korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi;
    mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
    mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
    mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
    korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
    mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;
    oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;
    xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;
    fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;
    ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari bilan bepul ta’minlash;
    korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
    ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
    ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
    kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
    mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi.

    Download 31,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 31,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi

    Download 31,84 Kb.