• Respublikasi
  • Sirdaryo viloyatlari
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti
  • B. Mirusmanovning hisoboti




    Download 95,5 Kb.
    Sana23.12.2019
    Hajmi95,5 Kb.
    #4648
    B.Mirusmanovning hisoboti Davlat statistika tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish, davlat statistika ishlarini bajarish yuzasidan belgilangan vazifalarning 2019 yil 6 oylikdagi ijrosi bo‘yicha tizim organlari faoliyati natijalarining tanqidiy tahlili to‘g‘risida Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari, Davlat statistika tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish, davlat statistika ishlarini bajarish yuzasidan belgilangan vazifalarning 2019 yilning I yarim yilligi davomida tizim organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3165-son qarori hamda 2018 yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda davlat statistika ishlarini bajarish doirasida amalga oshirildi.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3165-son qarori hamda ushbu qaror ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tashkiliy chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi Jumladan, 2019 yil I yarim yilligida statistika ishlari Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda bajarildi, iqtisodiyot sohalari hamda tarmoqlari rivojlanishi yuzasidan maqsadli kompleks dasturlar monitoringi uchun miqdoriy ko‘rsatkichlar shakllantirib borildi, hududlar hamda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi holatini kompleks tavsiflovchi tahliliy-statistik ma’lumotlar tayyorlanib, har oy Hukumatga o‘z muddatida taqdim etib borildi. 2019 yilning yanvar-iyun oylarida qo‘mita tomonidan respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aks ettiruvchi, dolzarb masalalarda 20 ta yillik tahliliy ma’lumotlar va 44 ta oylik press-relizlar tayyorlanib, qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. Bu ishlar barcha hududiy statistika organlari tomonidan ham amalga oshirildi. Shuningdek, tayyorlangan tahliliy-statistik ma’lumotlar infografika, diagramma va videoroliklar ko‘rinishida “O‘zbekiston”, “O‘zbekiston 24”, “Uzreport”, “Sevimli”, “Toshkent” va hududiy telekanallar orqali efirga uzatildi. Keng jamoatchilikni davlat statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati yuzasidan dolzarb mavzularda tahliliy-statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib borish maqsadida, respublikaning 9 ta (5 ta respublika va 4 ta viloyat) etakchi oliy ta’lim muassasalarida “davra suhbatlari” tashkil etildi. Shu bilan birga, davlat statistika tizimida yig‘ilayotgan ko‘rsatkichlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarda qo‘llanilayotgan uslublarni yanada takomillashtirish maqsadida, xalqaro statistika amaliyotini inobatga olgan holda, statistika sohasining turli yo‘nalishlari bo‘yicha 26 ta uslubiy qo‘llanmalar yangidan tayyorlanib, amaliyotga joriy etildi. Shuningdek 4 ta uslubiy qo‘llanmalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, 2 ta uslubiy qo‘llanmalar bekor qilindi. II. Kompleks o‘rganishlar reja-jadvaliga asosan 2019 yilning II-choragida qo‘mitaning quyi tizim organlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari to‘g‘risida 2019 yilning II choragida qo‘mita tomonidan Toshkent, Surxondaryo, Andijon va Sirdaryo viloyatlari statistika organlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarining ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar natijalari tanqidiy muhokama kilindi.
    Sirdaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1963 y. 16 fev.da tashkil etilgan. Shim.dan Qozogʻiston Respublikasi, sharkdan Toshkent viloyati, jan.dan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh.
    Jumladan, sohada qonunchilikni ta’minlash, tahliliy statistik ishlarni kuchaytirish, statistik kuzatuvlarni sifatli tashkil etish, tadbirkorlik sub’ektlari bilan profilaktika ishlarini olib borish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartiblariga rioya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, kadrlar bilan ishlash va ularning malakasini oshirib borish masalalari yuzasidan yuqorida qayd etilgan tizim quyi organlarining hisobot davridagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. III. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarorida davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi to‘g‘risida Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qaror bilan bir qator tadbirlar tasdiqlangan. Xususan, mamlakatning nufuzi va investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga qaratilgan tadbirlar, jumladan ochiq ma’lumotlar portalini yuritish bilan bog‘liq aniq mehanizmlar ko‘rsatib berilgan. Qarorda Davlat statistika qo‘mitasiga davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish yuklatilgan. O‘z navbatida, Ochiq ma’lumotlar portalini texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining 2020 yildan boshlab «Ochiq ma’lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma’lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi; Ochiq ma’lumotlar to‘plamining umumlashtirilgan ro‘yxati 3 tilda ya’ni, o‘zbek, rus va ingiliz tillarida portalda joylashtirish muddatlari va shakllarini belgilangan holda ishlab chiqilib, tasdiqlandi. 2016 yilda tasdiqlangan ro‘yxatdagi ma’lumotlar to‘plamlari 232 tani tashkil qilgan bo‘lsa xalqaro tajribalar va ma’lumotlar bazasini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan yangi ro‘yxatdagi ma’lumotlar to‘plamlari 1473 taga etkazildi; Kiev shahrida  (Ukraina), Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida tashkil etilgan ochiq ma’lumotlar ekotizimini shakllantirishda xalqaro tajribani o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etildi; Qo‘mita tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ochiq ma’lumotlarning ochiq ma’lumotlar Portali hamda rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi va muntazam yangilab turilishi ustidan doimiy monitoringi yo‘lga qo‘yildi;
    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.
    Xalqaro ma’lumotlar bazalarida O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarning ro‘yxati shakllantirildi; Qarorning 12-bandi b)-qismidagi topshiriqni ijrosini ta’minlash maqsadida, Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki missiyasi vakillari Mariya Denis M. Pena va Nikko Anjelo D. Antoni bilan birgalikda, shuningdek Ochiq ma’lumotlar instituti (Open Data Institute - ODI) (https:theodi.orgarticleopen-data-maturity-model-2) tavsiyalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarning ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini joylashtirilishini baholovchi tizim - “Ochiq ma’lumotlar puxtaligi modeli” (“Open Data Maturity Model”)ga texnik qo‘llanma ishlab chiqildi; “Ochiq ma’lumotlar puxtaligi modeli” baholovchi tizimini pilot rejimida ishlashi joriy qilindi hamda vazirlik va idoralarga “Ochiq ma’lumotlar puxtaligi modeli” baholovchi tizimini e’lon qilindi; IV. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Hay’atining I yarim yillik uchun ish rejasi ijrosi hamda II yarim yillik reja loyihasi muhokamasi to‘g‘risida Hay’atining 2019 yil I yarim yillik ish rejasiga muvofiq, belgilangan muhokama yig‘ilishlar o‘tkazilganligini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilishlarda quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3165-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorida belgilangan vazifalarning tizim organlarida so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari; Xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotlarni taqdim etish hamda XVJ bilan hamkorlikda k-MTUT doirasida “Yig‘ma ma’lumotlar milliy sahifasini” yuritish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar; Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, statistik tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar natijalari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 27 dekabr kungi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar tizimi yuzasidan tavsiyalarini respublikamizda amaliyotga joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
    Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) - yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945 yilda tuzilgan.
    SHuningdek, Hay’atining 2019 yil I yarim yillik ish rejasiga muvofiq, 7 ta hududiy boshqarma faoliyati yuzasidan kompleks o‘rganishlar o‘tkazildi va sayyor muhokamalar tashkil etildi. O‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar natijalariga ko‘ra: 72 ta intizomiy jazo choralar ko‘rilib, shundan, 15 tasi jarima, 57 tasi hayfsan. Ko‘rilgan intizomiy choralar bilan birga 27 ta ogohlantirish hamda ish faoliyatiga ma’suliyat bilan yondashayotgan 19 ta rahbar va xodimlarga rag‘batlantirishlar qo‘llanildi. V. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmonida Davlat statistika qo‘mitasiga belgilab berilgan vazifalar va ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki komissiyalar ishini faollashtirish maqsadida joriy yilning 31 mayida 70-son hamda 5 iyulida 78-son buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi. Barcha davlat organlari va tashkilotlari idoraviy chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki komissiyalar ishini faollashtirish lozimligiga, buning uchun shaxsan rahbar javobgar ekanligi Farmonda aniq ko‘rsatib o‘tilganligiga urg‘u berildi. Davlat statistika qo‘mitasi tizimida 2019 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy Kompleks chora-tadbirlar rejasi 34 banddan iborat bo‘lib yuqorida qayd etilgan 4 ta asosiy yo‘nalishlarning barchasini qamrab olinganligiga alohida e’tibor qaratildi VI. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qarorida belgilangan vazifalarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezident hujjatlari va topshiriqlarini to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rish hamda ularning ijrosi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali taqdim etib borilishini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilganligi ta’kidlandi. Hay’at yig‘ilishida, qo‘mita tizimida hujjatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, har bir nazoratdagi hujjat bo‘yicha ijrochilarni va ijro muddatlarini aniq belgilash va hujjatlar ijrosi yuzasidan “stat.doc” dasturi orqali kunlik nazorat olib borilayotganligi qayd etildi. Ta’kidlandiki, 2019 yil aprel-iyun oylarida kelib tushgan jami 554 ta korrespondensiyalar ushbu dasturga kiritilib, ijrosi kunlik nazoratga olingan bo‘lib, qo‘mita markaziy apparatiga rahbarlik va ijro uchun jami 199 ta hujjatlar kelib tushgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 12 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 ta farmonlari, 61 ta qarorlari, 3 farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 224 ta qarorlari, 3 ta farmoyishi, 17 ta majlis bayonlari, 167 ta topshiriqlari, 50 ta XDFU hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, o‘z vaqtida ijrosi ta’minlangan. Hay’at yig‘ilishida Davlat statistika qo‘mitasiga joriy yilning yanvar-iyun holatiga, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning jami soni 820 tani tashkil etganligi aytib o‘tildi. Jumladan, ularning 344 tasi (jamiga nisbatan 42 ) jismoniy shaxslardan, 476 tasi (58 ) yuridik shaxslarning hissasiga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, kelib tushgan murojaatlar 778 tasi Qo‘mita markaziy apparatida hal etilgan, 35 ta murojaatlar hududiy statistika boshqarmalarida ko‘rib chiqilgan, 7 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasi ikkinchi bandiga asosan, tegishliligi bo‘yicha vakolatli davlat organlariga yuborilgan. Davlat statistika qo‘mitasi Raisi va rais o‘rinbosarlarining 2019 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari murojaatlari uchun sayyor qabullar jadvali O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, Qo‘mita rahbariyati tomonidan joylarda 24 ta sayyor qabul uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu qabullar davomida 70 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan og‘zaki murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi hamda belgilangan tartibda yozma javob xatlari murojaat mualliflariga o‘z muddatlarida taqdim etildi.
    Download 95,5 Kb.




    Download 95,5 Kb.