1
BACK END DEVELOPMENT VA BACK END DEVELOPER
Ravshanova Dilafruz Baxodirovna
Navoiy viloyati uchquduq tumani 18-maktabning informatika va axborot
texnologiyalari fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Back End development va beck End developer
IT-sohasining muhim qismi bo’lib web-saytlar bilan ishlashda dasturchilarning ijodiy
qobilyatlari ularning g’oyalari haqida asosli tushunchalar berilgan. Backend
dasturlashning eng keng tarqalgan misoli siz blogdagi maqolani o'qiyotganingizda
shriftlar, ranglar, dizaynlar va boshqalar ushbu sahifaning old qismini tashkil qiladi.
Maqolaning mazmuni serverdan ko'rsatilgan va ma'lumotlar bazasidan olingan . Bu
Back end Development server tomonidan ishlab chiqishni anglatadi
Kalit so’zlar:
Backend, backend development, beckend developer, dasturlash
tillari, PHP, Ruby, Python, Java, Backend dasturchisi, Backend dasturchisi ish haqi.
Back End -
(
inglizcha - orqa qism)
bu serverda ishlaydigan har qanday narsa,
ya'ni "brauzerda emas". Yoki "boshqa kompyuterlarning xabarlariga javob beradigan
tarmoqqa (odatda Internetga) ulangan kompyuterda". Apparat va dasturiy ta'minot
to'plami bo'lib, uning yordamida sayt ishlashi mantig'i amalga oshiriladi. Ya'ni bu
foydaluvchiga ko'rinmas qismi.
Back End 4 ta qismga bo'linadi:
1.
Server
2.
Ilova
3.
Ma'lumotlar ba'zasi
Backend dasturchisi o'z serverida mavjud bo'lgan vositalardan foydalanadi. U har
qanday universal dasturlash
tillarini tanlashga haqli, masalan, Ruby, PHP, Python,
Java.