Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet3/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Mavzuning dolzarbligi

Milliy madaniyatni rivojlantirishda halq, badiiy xunarmandchiliklari va amaliy san’atining ahamiyatini oshirish, qo’lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash, an’anaviy va o’ziga xos turlarni qayta tiklash, hamda halq xunarmandlariga davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash yo’llari, O’zbekiston Respublikasi prezidentining 1997 yil 31 martdagi PF-1714 sonli “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1977 yil 4 iyun 282 - sonli qaroriga o’z aksini topgan.

Farmon xunarmandlar va amaliy san’at ustalari uchun o’z vaqtida qabul qilingan eng muhim xujjat va kelgusi ishlarni yanada rivojlantirishga dasturu amal bo’ldi. Shuningdek farmonda yana “Xalq san’atining noyob turlarini va buyumlarining yuksak badiiy nusxalarini tayyorlashda an’analarni saqlab qolish, hamda bu ish ko’nikmalarini yoshlarga singdirishdir. Mohir ustalarni tayyorlash bo’yicha maxsus “Usto - shogird” maktablarini tashkil qilish bayon etilgan. Shular qatorida amaliy san’atning kashtachilik sohasi bo’yicha badiiy to’garaklar tashkil etib, bu sohalarga qiziqqan yoshlarni jalb qilib o’rgatish ustuvor vazifa bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov «Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tariximiz tag - tomirlarigacha nazar tashlaymiz» - deb aytganlar. Hozirgi kunda eng qadimiy amaliy san’at turlaridan bo’lmish kashtachilik san’ati, usta - xunarmandlarimiz va metodist o’qituvchilarimiz tomonidan bir qator ijodiy ishlar ustida ish olib borilmoqda. Kashtachilik san’ati tarixini o’rganish jarayonida, men bir qator ijodkor ustalar qoldirgan amaliy ishlar namunalari san’atshunos-metodistlar qalamiga mansub adabiyotlar bilan tanishib chiqdim.

Haqiqatdan ham bu to’garaklarni qaytadan to’liq yo’lga qo’yish va shu orqali qadimiy usta - xunarmandlar olib borgan ish texnikasini asos qilib olish mavzuni tanlashimizga sabab bo’ldi.



Download 7.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 7.77 Mb.