ADABIYOTLAR TAHLILI:
Elektron ta’lim muhitini tashkil etish va axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari, funktsional imkoniyatlari hamda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha bir qator olimlar, jumladan mamlakatimizda A.Abduqodirov, U.Begimqulov, N.A.Muslimov, N.I.Taylaqov, F.M.Zakirova, M.Aripov,M.E.Mamarajabov, S.Tursunovlar, D.Mamatov, xorijiy mamlakatlarda E.S.Polat,A.Andreev,I.Zaxarova,Belits-GermanArtyom Pavlovich, M.P.Lapchik, B.Andresen, M.Burns, M.Hendersonlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Belits-Geyman Artyom Pavlovichning tomonidan ishlab chiqilgan “Badiiy-grafik kompozitsiyani o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishida uslubiy jihatdan ko‘p narsani talab qiladi, chunki. kompyuter vositalaridan foydalanish shaxsning shakllanishiga to‘rtta asosiy yo‘nalish (aspekt) bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadi: falsafiy (ilmiy dunyoqarashni, estetik ideallarni shakllantirish); psixologik (xotira jarayonlarini, e'tiborni, fikrlashni, tasavvurni rivojlantirish, faoliyat uchun motivatsiyani saqlash); kasbiy va amaliy (maxsus fanlar bo'yicha kasbiy faoliyat muammolarini hal qilishda dasturiy ta'minotdan foydalanish); texnologik (kompyuter savodxonligi va axborot madaniyatini shakllantirish).deb ko’rsatiladiD.Mamatovning “Elektron axborot-ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” nomli dissertatsiya ishida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim doirasida elektron axborot ta’lim muhitini loyihalashtirishi ko‘rsatilgan.Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’limda elektron ta’lim muhitini tashkil etish va axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv predmetlarini o‘qitish jarayonini axborotlashtirish muammolari bilan bog‘liq holda elektron ta’limning talabalar aqliy taraqqiyotiga ta’siri; aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi; dasturlashtirilgan ta’lim nazariyasi; axborot kommunikatsion texnologiyalari bilan foydalanuvchi muloqotini tashkil qilish; o‘quv jarayonini loyihalash; dasturiy vositalardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kabi qator muammolar tadqiq qilingan
|