• Kalit so‘zlar
  • Actual issues of primary education: problems, solutions and development prospects




    Download 232,68 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana16.05.2024
    Hajmi232,68 Kb.
    #238538
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    boshlangich-sinf-oquvchilarining-matematik-tasavvurlarini-rivojlantirish (2)



     
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
    “ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT 
    PROSPECTS”
    April 26, 2024 
    522
    BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MATEMATIK TASAVVURLARINI 
    RIVOJLANTIRISH
    1
    Toshboyeva Saidaxon Rahmonberdiyevna, 
    2
    Ergasheva Surayyo Komiljon qizi

    1
    Farg'ona davlat universitetining o'qituvchisi,


     2
    Farg'ona davlat universitetining talabasi

    https://doi.org/10.5281/zenodo.11060087
     
    Annotatsiya. mаzkur mаqolа boshlang'ich sinflarda matematik tasavvurni rivojlantirish 
    haqida. Bunda matematik tasavvurni rivojlantirish usullari, metodlari va ularning ahamiyati, 
    boshlang'ich sinf o'quvchilarning metemаtik tаsаvvurlаri va ularni rivojlаntirishdа zаmonаviy 
    texnologiyаlаrning o‘rni, o'qituvchi va o'quvchilarning bu jarayondagi ro'li haqida soʻz boradi. 
    Kalit so‘zlar: mаtemаtikа, zаmonаviy texnologiyаlаr, kompyuterli tа’lim texnologiyаlаri,
    didaktik o'yinlar, amaliy o'yinlar, murakkab masalalar, o'qituvchi, o'quvchi, tasavvur, ko'rgazma, 
    biriktirish va bog'lash, geometrik shakllar, jadvallar, matematik tasvirlar, matematik shakllar, 
    AKT, usul va vosita, strategiya va hokazo. 
    Kirish:
    Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik tasavvurlarini rivojlantirish uchun 
    o'yinlar, misollar va amaliy mashg'ulotlar orqali ko'nikmalarini o'zlashtirishga harakat qilishadi. 
    Qo'shimcha, grafikalar va jadvallar yordamida amaliyotlar tuzish, savollar orqali o'quvchilarning 
    g'alabaviy tajribasini oshirish ham muhimdir.Boshlang'ich sinf bosqichida o'quvchilarning 
    matematik fikrlarini shakllantirish va rivojlantirish, tasavvurlarini shakllantirish, tahlil qilish va 
    muammolarni yechishni o'rganishadi. 
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, binobarin “2022-2026 yillarda
    O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasi “Lohiyasini hayotga kirib 
    kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning ta’lim–tarbiyasini barpo 
    etayotgan yangi O’zbekiston talablariga mos holda sifat jihatdan yuqori pog’onaga ko’tarish, 
    ayniqsa yosh avlodimizning integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida 
    matematik tasavvurlarini shakllantirish, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-
    hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib 
    tarbiyalash ularning bandligini ta’minlash, hayotda o’z o’rnini topishi, jamiyatning munosib 
    a’zolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi bugunning dolzarb 
    ijtimoiy muammoisdir.
    Mazkur muammoni hal etishda uzluksiz ta’lim turlari ayniqsa, o’rta ta’lim maktablari( 
    boshlang’ich sinflari)da darslarni fanlararo tashkil etish salmoqlidir. Zero, o’rta ta’lim o’quv 
    dasturlariga hayot va kelajak faoliyat uchun zaruriy bilimlar bilan qurollanadilar, amaliy ko’nikma 
    va malakalarga ega bo’ladilar, o’zlashtirilgan ma’lumotlar asosida aqliy qobiliyatlarini 
    o’stiradilar, ilmiy salohiyatlarini yuksaltiradilar, jismoniy kuchlarini rivojlantiradilar, ilmiy 
    dunyoqarashlarini tarkib toptirib faol bilimlarni puxta egallashlariga xizmat qiladi. Shunga 
    asosan, boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tasavvurlarini shakllantirish, yanada 
    takomillashtirib, uning talimiy-tarbiyaviy yo’nalishi yoshlarni barkamol insonlar qilib voyaga 
    etkazishga qatilgan bo’lib, ularga matemetik tasavvurlarni shakllantirish boshlang’ich sinflarda 
    zarurat hisoblanadi.
    Movarounnahrda IX-XII asrlar Renesans davri bo’lib, davrning o’ziga xos xususiyati 
    buyuk qomusiy olimlar yetishib chiqqanligi nafaqat ilm-fanning balki matematika tasavvurlarning 
    ham rivojlanishiga xizmat qilganlar. IX-XII asrlarda yashagan vatandoshlarimiz Muhammad ibn 
    Muso-al Xorazmiy, Jamshid G‘iyosiddin al-Koshiy, Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning 
    rivojlanishi haqida dastlabki ma’lumotlar Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan 



    Download 232,68 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 232,68 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Actual issues of primary education: problems, solutions and development prospects

    Download 232,68 Kb.
    Pdf ko'rish