|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq 148. Ergashov Yashnarbek Istamovich 922-929Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
927
Agrar mahsulotlar bozori faoliyat ko’rsatishining samaradorligiga ta’sir etuvchi
muhim omil hisoblangan tashkiliy-iqtisodiy sharoitlar xo’jalik yuritish va mulkchilik
shakllari, narxning shakllanish tizimlari, bozor munosabatlari qatnashchilarini
rag’batlantirish, soliqqa tortish, kreditlash, moddiy-texnika resurslari bilan
ta’minlashni tashkil qilish, tayyor mahsulotni sotish va boshqalardan tarkib topgan.
Agrar mahsulotlar bozori faoliyat ko’rsatishining tashkiliy-iqtisodiy omillari
tarixan umumiy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar bilan bog’liq holda uzoq
vaqt davomida shakllanadi. Xo’jalik yuritishning bozor tamoyillariga o’tish agrar
mahsulotlar bozori faoliyat ko’rsatishining amaldagi tashkiliy-iqtisodiy sharoitlariga
o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ular faoliyat ko’rsatuvchi asosiy shaklga aylangan fermer
xo’jaliklari shirkat korxonalari va nisbatan yirik yakka tartibdagi dehqon
xo’jaliklarini isloh qilish asosida tashkil qilingan va bu jarayon jadal davom etmoqda.
Agrar sektorning quyi majmuasida xo’jalik yuritishning fermerlik shakllari
keng tarqalganligi ko’plab omillar bilan asoslanadi. Xususan, ular shaxsiy va jamiyat
manfaatlari uyg’unlashuvini yaxshi ta’minlaydi, xodimlar mehnati va ishlab
chiqarishni oqilona tashkil qilish, zamonaviy moddiy-texnika resurslaridan samarali
foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Dehqon xo’jaliklari, qoidaga ko’ra,
faoliyatini oila a’zolarining mehnatidan foydalanish asosida amalga oshiradi va
avvalo, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot yetishtiradi. Shaxsiy ehtiyojlar
qondirilgandan so’ng qolgan ortiqcha mahsulot bozorga chiqadi va tovar-pul
munosabatlari ob’ektlarini ifodalaydi. Qishloq joylarda mehnatni qo’llashning asosiy
sohasi katta hududiy makonni qamrab oladigan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
hisoblanadi.
Dehqon xo’jaligi uchun minitexnikalar ishlab chiqarish masalalarida taraqqiyot
mavjudligiga qaramay, yakka tartibdagi kichik dehqon xo’jaliklari hali o’z agrar
mahsulotlari ishlab chiqarishida zamonaviy mexanizatsiya vositalaridan keng
foydalanish imkoniyatidan mahrumlar. Yakka tartibdagi kichik dehqon xo’jaliklarida
ishlab chiqarish jarayonlarining asosiy qismi qo’l mehnatida amalga oshiriladi. Bu
agromahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligi, mazkur ekinlar hosildorligi va
mahsulotning bozor narxlari darajasiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi
kichik dehqon xo’jaliklari sharoitlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash,
tashish, iste’molchilarning so’rovlari bo’yicha assortiment va navlarga saralash va
guruhlashni oqilona tashkil qilish zarur. Agrar mahsulotlarning bir qismi yo’qolib
qoladigan va yakunda iste’molchilarga yetib bormaydigan holatlar ham tez-tez
uchrab turadi. Iqtisodiyotning agrar sektorida, jumladan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishda xo’jalik yuritishning agrosanoat birlashmalar,
|
| |