|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq 148. Ergashov Yashnarbek Istamovich 922-929Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
926
Tovarning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun, agar ichki bozorda uning
raqobatbardoshligi keskin pasaygan bo’lsa, yangi bozorlarga chiqishga urinish juda
muhim.
Fikrimizcha, bu mahsulotlarga talab turli omillar ta’siri ostida dinamik ravishda
o’zgarib boradi. Masalan, reklama va ilmiy tadqiqotlar tavsiyasi bo’yicha ma’lum bir
navdagi shaftoliga talab ortadi, mavjud shaftoli daraxtlari esa ayni paytda talabning
o’sishini qondirish imkoniyatidan mahrum bo’ladi. Shaftoliga talab va taklifni
muvofiqlashtirish, ya’ni bu mevaning taqchilligini yo’q qilish uchun yangi ko’chatlar
hosilga kirgunga qadar bir necha yil talab etiladi. Meva va uzum mahsulotlari bozori
o’z faoliyati hamda bu jarayonni tashkil etish va tartibga solishda ushbu xususiyatni
hisobga olishi zarur.
Agrar sektor quyi majmuasining o’ziga xosliklari tufayli tarmoqda, ayniqsa,
meva, uzum va sabzavot ekinlarining ayrim turlari hosilini to’plash unchalik
mexanizatsiyalashmagan. Shu bois bu boradagi amallar uchun katta mehnat
xarajatlariga ehtiyoj seziladi. Bu esa moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish
samaradorligiga, ayrim ishlab chiqarish jarayonlarining mavsumiylik koeffitsientini
oshirishga ta’sir etadi.
Sabzavotchilik,
bog’dorchilik
va
uzumchilikda
unchalik
mexanizatsiyalashmagan texnologik jarayonlarning mavjudligi konstruktorlar va
olimlarni birinchidan, oson mexanizatsiyalashtiriladigan navlarni, ikkinchidan, yangi
mexanizatsiya vositalarini yaratishga undashi lozim. Bu muammolarning
muvaffaqiyatli hal etilishi agrar sektorning quyi majmuasi samarali faoliyat
ko’rsatishida, bozorni iste’molchilar talabi katta bo’lgan sifatli va arzon mahsulotlar
bilan to’ldirishda muhim omil hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni sanoat usulida qayta ishlash
va iste’molchilarga yetkazib berish bo’yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish
juda muhim. Ko’plab davlatlar, masalan, Gollandiya, Italiya, Fransiya va boshqa
mamlakatlarda eng yangi ilmiy yutuqlar va nanotexnologiyalardan foydalanish
asosida agrar mahsulotlar bozorini tashkil etish bo’yicha boy tajriba to’plagan.
Respublikamizga xos bo’lgan xususiyatlarni hisobga olgan holda bu tajribalarni
amaliyotga keng joriy qilish zamonaviy texnologik asoslarda agrar mahsulotlar ishlab
chiqarishda yangilanish jarayonini tezlashtiradi.
O’z ilmiy ishlanmalari va ilg’or xorijiy tajribalarni uyg’unlashtirish qishloq
xo’jaligi mahsulotlari bozorining ko’plab muammolarini samarali hal qilishga va shu
tariqa insonlarning doimiy o’sib boradigan ehtiyojlarini, ayniqsa, assortiment va sifat
jihatidan to’laroq qondirishga imkon beradi.
|
| |