• (2) Boshqaruv Qurilmasi (BQ)
  • (4) Boshqaruv mantigi
  • (6)Xotiraga to‘gridan-to‘gri kirishni boshqarish sxemasi
  • (1)Arifmetik-Mantiqiy Qurilma




    Download 3,1 Mb.
    bet6/10
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,1 Mb.
    #234002
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Xamzayev KOMP 2-MUSTAQIL ISH2

    (1)Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
    (2) Boshqaruv Qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
    (3)Registrlar – uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
    (4) Boshqaruv mantig'i -barcha protsessor tugunlarining o‘zaro ta'sirini tashkil qiladi, ma'lumotlarni qayta yo‘naltiradi, protsessorni tashqi signallar bilan sinxronlashtiradi, shuningdek, axborotni kiritish va chiqarish protseduralarini amalga oshiradi.
    (5)Uzilishlarni boshqarish sxemasi - protsessorga keladigan uzilish so‘rovini qayta ishlaydi, uzilishlarni qayta ishlash dasturining boshlanish manzilini (uzilish vektor manzili) aniqlaydi, joriy buyruqni bajargandan va protsessor registrlarining joriy holatini saqlagandan so‘ng ushbu dasturga o‘tishni ta'minlaydi (xotira stekida).
    (6)Xotiraga to‘g'ridan-to‘g'ri kirishni boshqarish sxemasi- protsessorni tashqi shinalardan vaqtincha uzish va protsessorni so‘ragan qurilmaga to‘g'ridanto‘g'ri kirish huquqini berishda uni to‘xtatib turish uchun ishlatiladi.

    Download 3,1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 3,1 Mb.