|
Bajardi : Xamzayev Durbek Tekshirdi : Atadjanova Nozima
|
bet | 7/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 3,1 Mb. | | #234002 |
Bog'liq Xamzayev KOMP 2-MUSTAQIL ISH2(7)Holat registri- Hodisalarni, obyektlarni, kodlarni ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan ro‘yxat yoki xotira sohasi. Informatikada registr deganda, kompyuterning tarkibiy qismlari orasida jo‘natiladigan, cheklangan o‘lchamli kodlarni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan oddiy qurilma tushuniladi. Registrning muhim xossasi, uning ma’lumotlarni qabul qilish va berishda yuqori tezlikka ega bo‘lishidir. Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, buyruq, ikkilik sanoq tizimida berilgan son va boshqalarni yozish, eslash va o‘qib olish mumkin. Ko‘pincha registr kompyuter ishlaydigan so‘z o‘lchami bilan bir o‘lchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u saqlay oladigan bitlar soni bilan belgilanadi.
9-rasm- Protsessorning boshqaruvidagi fizik qurilmalar.
Protsessor barcha qurilmalar bilan birgalikda ishlash imkoniyatini yaratadi. Bu qurilma 1960 yildan beri turli ko‘rinishga kelgan bo‘lsada, uning fundamental vazifasi o‘zgarishsiz qoldi. Dastlabi protsessorlar vakum naylardan tashkil topgan. Bu esa juda katta elektr energiyasi va katta fizik o‘lchamlarni talab etardi. 1945 yilda ishlab chiqarilgan, “INIAC” kompyuteri 18 mingta vakum naylardan iborat bo‘lgan. 1948 yili vakum naylardan ancha ixsam, kichik va tez tranzistorlar ixtiro qilindi. 1956 yil tranzitor asosidagi birinchi kompyuter “UNIVAC” ishlab chiqildi.
Integrallashgan sxemalarning ixtiro qilinishi bugungi kundagi protsessorlarni yaratilishiga omil bo‘ldi. Integrallashgan sxema bu-o‘zida bir necha millionlab tranzistorlarni birlashtirgan elektron plata bo‘lib, bu texnologiya asosida ishlab chiqilgan birinchi protsessor 1971 yil “Intel” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan, Intel-4004 dir. Bu protsessor 2300 ta tranzistordan tashkil topgan bo‘lib, sekundiga 60 000 ta operatsiya bajara olgan. 10-rasm. Intel-4004 protsessori.
Hozirgi kunda protsessorlar bir necha milliyardlab tranzistorlardan tashkil topadi va bitta elektron platada bir nechta protsessorlar joylashadi. Bu biz bilgan ko‘p yadroli protsessordir. (7.5-rasm) 2012 yil ishlab chiqilgan Intel Xeon 5 milliyard tiranzitordan tashkil topgan bo‘lib, bir tranzitor o‘lchami 22 nm gacha (nanometrgacha) kichraytirildi. Buni qiyosalash uchun bitta soch tolasiga 22 nm qalinlikdagi 4000 ta tranzitor joylashadi ko`z oldimizga keltirish yetarli hisoblahadi.
|
| |