|
Bajardi : Xamzayev Durbek Tekshirdi : Atadjanova Nozima
|
bet | 1/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 3,1 Mb. | | #234002 |
Bog'liq Xamzayev KOMP 2-MUSTAQIL ISH2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
Kompyuterni tashkillashtirish
2-mustaqil ish
Guruh: CAO015
Bajardi :Xamzayev Durbek
Tekshirdi : Atadjanova Nozima
MAVZU
Zamonaviy protsessorlar va ularning ishlash prinsipi.
Protsessorni o‘rnatish va Identifikatsiyalash
REJA
1. Kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o‘rganish bosqichlari.
2. Zamonaviy protsessorlar.
3. AMD va INTEL protsessorlari.
4. AMD va INTEL protsessorlarining afzalliklari va kamchiliklari.
Takt chastotasi. Protsessor tezligini aniqlovchi eng muxim ko‘rsatkich. M yegagers (MGs) va gigagers (GGs) larda o‘lchanadi, bir vaqt birligida (sekundda) protses sor bajaradigan sikllar sonini anglatadi. Xozirgi kunda asosan chastotasi 2 dan 3 GGs gacha bo‘lgan protsessorlarga talab ortib bormoqda. «Mur qonuniga» muvofiq (Mur – mikroprotsessor ixtirochilaridan biri, Intel korporatsiyasini raxbari), mikroprotsessorlar chastotasi xar bir yarim yilda kamida ikki baravariga o‘sib boradi. P rotsessorni ishlash tezligi birinchi navbatda, shubxasiz takt chastotasiga bog‘liq, lekin faqat unga emas. Masalan, bir xil chastotali Pentium 4 i Athlon protsessorlari turlicha tezlikda ishlashi mumkin. Demak, boshqa parametrlar xam tezlikka ta’sir ko‘rsatadi.
Protsessor razryadlari. Agar protsessor takt chastotasini daryoda suvni oqish tezligiga qiyoslansa razryadlarini daryo o‘zani kengligiga qiyoslash mumkin. Ikki barobar katta razryadli protsessor bir vaqt birligida ikki marta ko‘p berilganlarni qayta ishlashga qodir. Albatta, buning uchun maxsus optimallashtirilgan dastur ta’minoti zarur. Xozirgi kunda protsessorlarni juda ko‘pchiligi 32-razryadli (ya’ni 32-bitli). Bu albatta, ochiq nomunosiblikdir, chunki kompyuter tarkibiga kiruvchi ko‘p qurilmalar, shu jumladan shina xam 64 va 128 bit razryadga ega! 64-razryadli protsessorlarga o‘tish uchun operatsion tizimlarni yangi versiyalari zarurdir.
|
| |