• «superlider»
  • Liderlik va superliderlik




    Download 427,31 Kb.
    bet5/10
    Sana19.05.2024
    Hajmi427,31 Kb.
    #243757
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Alijonov Shohjahon maxsus

    4.Liderlik va superliderlik
    Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o’zining «Industrialno-organizasionnaya psixologiya» (2001 yil) kitobida ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo’lmish liderlik masalasiga o’zining o’ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko’rsatish uchun ochiq maydonlar yo’q bo’lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo’lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog’i, kamaytirish hisobiga ro’y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo’g’inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – guruhning samarali faoliyat ko’rsatish yo’llarini belgilab berishdir.
    Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo’lgan tushunchadan biri bu – «superlider» tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o’z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g’oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot yetib keladiki, jamoa o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
    Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi (pr. ):
    I – o’zi uchun lider bo’lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o’zini o’zi kuzatish, o’zini o’zi rag’batlantirish, hayoliy repitisiyalar va kognitiv tahlillar orqali o’zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o’zida boshqalarga o’rnak bo’luvchi sifatlar borligini anglash;
    II – yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o’zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;
    III – xodimlariga o’zlarida tashabbus va o’ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;
    IV – mustaqil qobilyat egalari bo’lgan xodimlarni rag’batlantirish, kerak bo’lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
    V – o’z-o’zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga xadeb aralashaverishdan o’zini tiyish.
    Demak, samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona ko’rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning o’ziga, so’ngra o’zgalarga bera oladigan ta’sirida ko’rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.
    Guruhlardagi o’zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo’lib, guruh a’zolarining konkret mavqyelari, boshliq bilan bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni o’zichiga oladi. Bu borada ''lider" va ''boshliq" tushunchalari o’rtasidagi farqlar hakida gapirish lozim. B.D. Parigin bu ikki tushunani farqlab shunday yozadi:
    1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar — shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
    2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo’lgan hodisa bo’lsa, rahbarlikning haq-xuquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkin;
    3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo’ladigan hodisadir;
    4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo’lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yunalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;
    5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va ragbatlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin;
    6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi kiyin;
    7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo’lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.
    Lider hyech qachon yolg’iz bo’lmaydi, u doimo guruh a’zolari orasida bo’ladi, u shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarni hammadan ham yaxshi biladi, ular ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida olib qaraladigan bo’lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilag’oni, aql o’rgatuvchisi, topqiri, intellektual lideri, bolalar ichida eng hazilkashi, dilkashi, xushchaqchag’i, ko’ngil so’rovchisi, o’zgalarni tushuna oladigan — emosional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qatiyatli, irodali-irodaviy liderlar bo’lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko’ra paydo bo’ladilar hamda bolalar ongida o’z sifatlariga ko’ra obro’ qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlari ham bo’lishi mumkin, lekin guruh liderga ergashganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun hambarcha ishlariga ergashib, ko’rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar yoshida xulqi maktab normalariga to’g’ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma’lum guruh ichida so’zsiz obro’ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider ''ketdik" deb ko’rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tu­shuntiriladi.
    Shuning uchun ham sinf rahbari o’z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norismiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To’g’ri, ba’zi hollarda rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo’lishi ham mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog’liq bo’lgani uchun ham ularning o’zgarib turishini hisobga oladigan bo’lsak o’qituvchining boshqarish maxorati yoki san’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.
    Shunday qilib, har qanday lider obro’ga ega. Obro’lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emosional, ham irodaviy ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro’lilik ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro’ juda samaralidir. Odamlar ko’ngliga yo’l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o’xshashlar obro’ orttirish mezonlaridandir.

    Download 427,31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 427,31 Kb.