|
Bajardi: Alijonov Shohjahon Tekshirdi: Yusupova Zamira
|
bet | 10/10 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 427,31 Kb. | | #243757 |
Bog'liq Alijonov Shohjahon maxsusB. Shaxsiy sifatlar:
maqsad va yo’nalishlarni aniq belgilash;
o’zgalar fikrini tinglash qobiliyati;
xolislik, samimiyat va bag’rikenglik;
adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo’yish, ular imkoniyatlaridan to’la foydalanish;
shaxsiy yoqimtoylik;
jamoa tashkil etish va unda uyg’un muhitni ushlab tura olish qobiliyati.
Lekin barcha o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo’ldiki, amerikalik rahbarlar ko’proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar ko’rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo’lishi tarafdorlari bo’lsalar, yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar.
Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari haqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.
1. Professional bilimdonlik - o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo’lga quyish uchun o’sha faoliyat borasida to’la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo’lishlikdir.
2. Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko’nikmalari, turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to’g’ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish, o’zidagi liderlik sifatlarini to’la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushunchako’pincha “kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.
50-chi yillardan boshlab o’tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda ham muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi. Lekin ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina barcha tadqiqotlarda muhim, deb e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko’p marta takrorlanganlari: a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni yecha olish qobiliyati, u o’ta yuqori bo’lmasligi, aksincha, o’rtachadan yuqori bo’lishi kerakligi e’tirof etildi); b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash qobiliyati va shunga mos motivlar) kiradi.
Kuchsiz rahbar belgilari
1. Oldindan ko’ra bilmagani bois har doim ko’zda tutilmagan ko’ngilsiz holatlarga duch kelaveradi.
2. Ishni yaxshi bilishi va hammadan a’lo uddalashiga ishongani sababli hamma narsani o’zi barajarishga intiladi.
3. Bir vaqtning o’zida telefon go’shagini tutgan holda, ikkinchi qo’li bilan hujjatlarni imzolaydi, tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi, xodimlarga yo’l-yo’riq ko’rsatadi.
4. Stoli doimo qog’ozlarga to’la bo’ladi. Buning ustiga ulardan qaysi birining muhim, qaysi birini zudlik bilan ko’rib chiqish, ijro etish zarurligi, qaysi birlarini keraksizligini ajratib bo’lmaydi.
5. Xatto tunlari ham ishlaydi.
6. Har doim hali o’qib, o’rganib chiqilmagan qog’ozlar solingan portfel yoki papka bilan yuradi (uyga olib borib, ishxonaga qaytarib olib kelaveradi).
7. Hyech qachon hyech narsani oxirigacha hal qilmaydi, yechimini topmagan muammolar uning yelkasidan bosaveradi, ruhiyatiga bosim o’tkazaveradi.
8. Bajarsa bo’ladiganlari o’rniga, amalga oshirilishi o’ta qiyin, mukammal qarorlarni qabul qilishga intiladi.
9. Xodimlari bilan betakalluf. «Yaxshi yigit» obro’siga erishishga harakat qiladi.
10. Har qanday murosaga shay va shu bilan birga balogardon qidirib yuradi.
11. «Ochiq eshiklar» qoidasida ish yuritadi, uning xonasiga har kim istagan paytda kirib ketaveradi.
Xulosa.
Boshqaruv psixologiyasi liderlik va superliderlik haqida ko‘proq tushuncha beradi. Liderlik ko‘pincha guruh yoki tashkilotda insonlarni maqsadga yo‘naltirish va ularga rahbarlik qilishni tushunishni o‘z ichiga oladi. Liderning ahamiyati uning odob-ahloq bilan munosabatlari, qo‘llab-quvvatlash, va ilmiy-tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq.
Superliderlik esa liderlikning yuqori darajasi sifatida ko‘riladi. Bu qoniqishli insonlar yoki organizatsiyalar rahbarlari uchun ishlatiladi. Superliderning asosiy xususiyati o‘z xotirasiga qanday qulaylikda kelishi va o‘z faoliyati bilan boshqa insonlarga ilhom berishi. Bu esa qoniqishli insonlarning o‘ziga xos, yorqinlik yaratish qobiliyati va mazmunli faoliyati bilan ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi liderlik va superliderlikni o‘rganish bilan, insonlarning boshqaruv faoliyatini o‘rganish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish maqsadida ishlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Boshqaruv psixalogiyasi : D.I. Mukumova, R.X. Fayzullaev, A.A. Jumanov, S.B. Yarova (13-40-betlar).
2. Тейлор Ф. Научная организация труда. М.: 1925, стр. 79.
3. https://staff.tiiame.uz sayti.
|
| |