• “Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo’layotgan voqealar to’g’risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat
  • Islom Karimov.
  • Televideniye dasturlarida
  • Bajardi: Bobobek Mahramov




    Download 45.17 Kb.
    Sana21.03.2017
    Hajmi45.17 Kb.

    O`zbekiston RESPUBLIKASI Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
    O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI XALQARO JURNALISTIKA FAKULTETI

    Mavzu: Teleko’rsatuvlarning tili va uslubi

    Bajardi: Bobobek Mahramov

    TOSHKENT-2014

    REJA:


    I.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    Dunyo tillari yoki jahon tillari - Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, o'nga yaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan.

    Kirish

    II.Asosiy qism



    1. Televideniye ko’rsatuvlarining tili va uslubiy jihatdan umumiy tahlili.

    2. Ko’rsatuvlarda milliylikning yoritilishi.

    3. Musiqiy dam olish ko’rsatuvlarining o’ziga xosliklari. “Assalom O’zbekiston” va “Yoshlar maydoni” ko’rsatuvlari misolida.

    4. Kuzatilgan uslubiy xatolar va adabiy til normasi yuzasidan shaxsiy fikrlar/

    III.Xulosa

    “Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo’layotgan voqealar to’g’risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzilmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni isloxatlar va yangilanishlar yo’lidan ilgari borishimizga to’siq bo’lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muommalar xususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi.

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

    Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.



    Islom Karimov.

    Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so’ng turli sohalarda qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Milliy urf-odatlarimiz, udumlarimiz, an’analarimiz bir so’z bilan aytganda milliy ma’naviyatimiz va mentalitetimiz qayta kuchga kirdi. O’zbekiston va o’zbek xalqi turli davr va zamonlarning qiyinchiliklarini boshdan kechirdi. Har qanday taziyqlarga qaramay tarixiy va madaniy qadriyatlarni saqlab qolishga harakat qildi.

    “Biz nechun sevamiz O’zbekistonni”, “tahlilnoma”, “Begoyim”, “Baxs”, “Azizim”, “Kelin va kuyov”kabi ko’rsatuvlarning teletomoshabinlar tomonidan ancha iliq qabul qilinganligi hamda ularga qaratilgan til va uslubiy jihatlarga bog’liq bo’lganligini unutmaslik kerak.

    Televideniye dasturlarida ham dastlabki yillarda ma’naviyat, milliy urf-odatlar, qadriyatlar mavzusida qator ko’rsatuvlar tashkil etildi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    Televideniye (yunon. τήλε - uzoq va lot. video - koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan.

    Bu ko’rsatuvlar asosan uncha ta’sirchanlikka ega bo’lmagan “Aks-sado” kabi ko’rsatuvlar ma’naviyatning nima ekanligini tushintirish bilan o’tdi. Boshqacha aytganda, milliy g’oya targ’ibiga bag’ishlangan yig’ilishlarimiz rasmiyatchilikdan nariga o’tmay qoliyapdi.

    Tok shou, tomosha-muloqot, tok shou boshlovchisining tezkor, aqilli va nozik-nafis reaksiyasi, so’z boyligi va artistik mahorati, ommaviy muloqot shaklidagi ko’rsatuvlarning tili va uslubi, muloqotning faol va sust ishtirokchilari bilan efirda ishlash yo’l-yo’riqlari, oshkora notiqlik mahorati, tinglovchining nutqiy faolligi, boshlovchining ijtimoiy ongni shakllantirishdagi, uni boshqarishdagi roli va huquqiy chegara masalari, boshlovchi-ijtimoiy notiq, shirin suhbatdosh, savolgi tutuvchi (intervyuer) sifatida, muloqotga munosabatini faollashtirish masalalari, muloqotning texnik vositalarga asoslanganligi va ulardan unumli foydalanish, nutqiy aloqa hamkorligi masalalari, makon va zamon kabi masalarni ekaranlarni egallab kelgan bir necha ko’rsatuvlar misolida ko’rib chiqamiz.

    “… Voqea shu yerda, shu paytda sodir bo’layapti va siz uning shoxidi bo’lmoqdasiz!..” “Aks”, “Taqdir”, “Shaxsiy fikr” kabi tok shoular boshlovchilarida mahorat yetishmagandek tuyulardi. Masalan, “Aks”ning boshlovchisi Hamza Jumayev o’zini kamera xo’jayini deb hisoblardi. Aslida ham shunday bo’lishi kerak. Biroq, qatnashuvchi fikrini qoq o’rtasidan bo’lish evaziga emas. Saxna uslubi zamonaviy dekoratsiyaga ega. “Taqdir”da esa boshlovchi Muhabbat Hamroyevadagi mavzu yuzasidan to’plangan fikr va aniq mulohazalar kamligi gaplarning va dasturning uslubiy sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aytmoqchimanki, ommaviy muloqatni olib borish madaniyati, boshlovchining axloq-odobi, jurnalistning nutqiy faoliyati va umumiy lisoniy muhit tok shouning tomoshabin e’tiboridagi jihatlardir.

    Ma’naviyat, milliy urf-odatlar, qadriyatlar mavzusida tayyorlangan ko’rsatuvlarda esa


    • umumiylik;

    • mavzuga chuqur yondashmaslik;

    • rejissuraning pastligi;

    • yuzaki matn;

    • boshlovnini yaxshi tanlay olmaslik kabi kamchililar ko’rina boshlagan edi.

    Birinchidan, milliy urf-odatlar va qadriyatlar targ’ibotiga bag’ishlangan ko’rsatuvlarning ko’pchiligida yuzakilik bor. Bu yuzakilik jurnalistlarning mavzuni yaxshi bilmasliklari, mavzuga to’la kira olmasliklari tahlilning juda ham bo’shlikarida deb hisoblaymiz.

    Ikkinchidan, milliy urf-odatlarni qadriyatlarni targ’ib etish uchun albatta katta-katta shou dasturlar tayyorlash shart emas. Ularni kichik syujetlar, ijtimoiy roliklar ko’rinishida ham berish mumkin. Masalan, bob ova nabiralarning birgalikda ulug’ allomalar haykallarini ziyorat qilish uchun shahar aylangani to’g’risidagi rolikni keltirishimiz mumkin. Targ’ibotda ana shunday roliklar ham muhim o’rin egallaydi.

    Uchinchidan, televideniye ta’sirchanlikka ega bo’lgan katta kuch. Lekin shu yo’nalishdagi ayrim ko’rsatuvlar rejjisurasi talab darajasida emas. Milliy musiqalardan foydalanmay, odatlar haqida gapirib, boshqa millatning musiqasining tasvirga berilishi ham tajribasizlikdandir.

    Albatta, ko’rastilgan kamchiliklar boshqa ko’pchilik ko’rsatuvlarga ham tegishli.

    Televizion jurnalistika, bir so’z bilan aytganda, zamonaviy electron texnika vositalari yordamida yaratiladigan siyosat va amalga oshiriladigan ijodiyatdir.

    Teleko’rsatuv yoki telefilm aniq ijodiy guruh maxsuli bo’lib, u ma’lum siyosiy, ijodiy va texnik talablarga javob berishi kerak.

    Televidenye bu og’zaki nutq, kadrda ko’rsatuv olib borayotgan shaxsning tili, leksikasi, so’z boyligi, efirda chiroyli fikrlsh qobiliyati hamdir. Og’zaki nutq esa o’z qonun-qoidalariga ichki qurilish strukturasiga ega. Deylik, yaxshi ko’rgan qizi bilan uchrashuvga chiqqan yigit o’z muhabbat so’zlarini qog’ozga qarab o’qib bersa, qiz yigitning ustidan kulgan bo’lar edi. Ayni bir paytda yigit shu qog’ozni maktub qilib yuborsa bu o’qilgan so’zlar qiz bolaning qalbini sehr bilan chulg’ab, dil-diligacha borib yetgan bo’lar edi.

    “Jurnalist jamiyatning eng ilg’or, ziyoli vakili. Odamlar jurnalistga butunlay boshqacha ko’z bilan qarashadi, uning ahloqidan, yurish-turishidan, muomilasidan,yashash tarzidan o’zlari uchun namuna va o’rnak bo’larli fazilatlarni izlashadi. Sizning timsolingizda eng xolis kasb soxibini ko’rishadi. Sizning gapingizga, yozganlaringizga ishonishadi. Sizdan yordam, maslahat so’rashadi. Sizga Havas qilishadi.” Ayniqsa, televideniye xodimlariga. Shuning uchun ham ekrandagi journalist yoki boshlovchinig kiyinishi, o’zini tutishi, nutq madaniyatiga chuqur e’tibor qaratilishi kerak.

    Sir emas keying yillarda yangi yo’nalishdagi ko’rsatuvlar, xorijda suratga olingan turli yo’nalishdagi seriallar, rekreativ xarakterdagi television loyihalar ekranlarimizdan kengroq joy egallay boshladi. Namoyish etilayotgan seriallarni ko’rib, dublyaj ustalarining tinimsiz ish olib borayotganlariga, teleijodkorlarning yangidan-yangi loyihalar ustida ish olib borayotganligiga guvoh bo’lasiz. Ammo, bu ko’rsatuv va seriallarning tili, boshlovchilarning nutq madaniyatimasalasi biroz achinarli.

    Jurnalistning ijtimoiy burchi Husayn Voiz Koshifiy ta’kidlaganidek, kishilarga nafi tegadigan so’zni sidqi-sadoqat tili bilan aytish va yozishdir. Shundagina uni auditoriya qalbi bilan qabul qiladi. Bu esa ijod vakilidan “men so’zniki va men so’znikidir” tamoyilida ish ko’rishni talab etadi.

    “Assalom O’zbekiston” ko’ngilochar ma’naviy-ma’rifiy, musiyqiy dam olish dasturi mana bir necha yildirki yurtdoshlarimizning sevimli tonggi dasturidir. Kun boshlanishdanoq, tomoshabinlarga yetkaziliuvchi fikrlar, xabarlar va suhbatlar nafaqat tomoshabinlar kayfiatini ko’taradi, balki ularga kerak bo’ladigan muhim informatsiyalarni ham yetkazadi. Ko’rsatuv tonggi 6:00dan boshlab 7:00gacha davom etadi. Xorij xabarlarini uzatishda ularning qiziqarli va ommabopligiga e’tibor qaratiladi. “Badantarbiya” lavhasi ko’pchilikni jismoniy harakatga boshlasa ajab emas. Undan so’ng erta tongdanoq, ma’naviy ozuqaga “Muhabbatnoma” beriladi. “Tavsiya” lavhasi tomoshabinlarni nashr etilgan yangi kitoblar mazmuni bilan tanishtiradi. Har tongda turli soxa mutaxassislari taklif qilinib, suhbatlar quriladi. “Iste’dod”, “Yuz bilan yuzashganlar”, “Ustoz va shogird”, “Mutoyiba”, “Texnika yangililari”, “Jahon adabiyoti”, “Yoqimli ishtaxa”, “Xorij xabarlari” kabi bir qator ma’rifiy axborot dasturlari orqali asosan yurtimizda erishilayotgan yutuqlar, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar kabi masalarga alohida e’tibor qaratiladi. “Yoshlar” telekanali orqali uzatilgan “Yangi tong” dasturi bilan solishtirilib ko’rilganda, “Assalom O’zbekiston”da mahalliy xabarlarga ko’proq e’tibor beriladi. Misol uchun, videolavhasi taqdim etilayotgan 4-dekabr, seshanba tongida uzatilgan lavhada dekabr oyining yong’in xavfsizligi oyi deb e’lon qilinganligi va bu borada yurtdoshlarimiz qilishlari kerak bo’lgan vazifalar journalist hamkasblarimizning tomonidan eslatiladi. “Assalom O’zbekiston” ko’rsatuvi ijodkorlari mahalliy xabarlar tayyorlashda joylardagi 20ga yaqin muhbirlariga suyanadi.

    “Assalom O’zbekiston”ning yana bir o’ziga xosligi har bir lavha oldidan ma’lum bir izohlar, ma’lumotlar, fikrlar keltirish orqali boshlanadi. Misol uchun, “TV-shifokor” ruknidagi lavhaga boshlovchi quyidagicha kirish qilardi: “Shifokarlar fikricha, qaysi mamlakatda ko’p qovoq iste’mol qilinsa o’sha joyda insonlar uzoq umr ko’rar ekanlar.” Bu ma’lumot birinchidan tomoshabinda lavhaga nisbatan qiziqish uyg’otsa, ikkinchidan foydalidir. Ammo kirish gapda stilistik xatoga yo’l qo’yilgan ya’ni gap quyidagicha bo’lishi kerak edi: “Shifokor qaysi mamlakatda ko’p qovoq iste’mol qilinsa o’sha joyda insonlar uzoq umr ko’radilar.” Sababi bu fikrni mutaxassislar aytyaptimi demak, “ko’rar ekanlar” mavhum bo’lmasligi lozim. Xuddi shu an’anani “TV-shifokor” boshlovchisi Feruza Umrzoqova ham davom ettiradi. Lavha quyidagicha boshlanadi: “Qalbdagi yara ham, tanadagi yara ham inson irodasi orqali tuzaladi.” Tomoshabinga bu ibora dalda bo’lishi va sabr-toqatga undashi turgan gap. Lavha yakuni ham foydali ibora bilan yakunlanadi: “Kurash bor ekan demak, o’z g’alabangdan umid qil.” Abu Ali ibn Sino “Urjuza” (sheriy tibbiy kitobi)sidan keltiriladigan iboralar ham maromiga yetkazilib o’qilardi. “Assalom O’zbekiston”da boshlovchini so’zlari va iboralari ularnig o’zlari tomonidan yoziladi va tayyorlanadi.

    Vaholanki “Yangi tong”da boshlovchi so’zlari yozib berilgan bo’lar edi. Bu esa bazi bir tushunmovchilik va tildagi g’alizliklarni keltirib chiqaradi. Yana bir muhim jihat “Yangi tong”dan farqli o’laroq, “Assalom O’zbekiston”da boshlovchilar chiqishi jonli, to’g’rirog’i “yozuv ekranisiz” yozib olinadi.

    Televidenie va radiodagi reklama boshqa dasturlardan uning boshlanishi va oxirida audio, video, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari yordamida ajratib qo’yilishi lozim.

    Maxsulotga qiziqishni shakllantirish va mahsulot realizatsiyasiga ko’maklashish uchun mahsulotning muayyan markasiga (modeliga, artikuliga) yoki uning ishlab chiqaruvchisiga iste’molchining e’tiborini atayin jalb etuvchi, shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki tarqatuvchi shaxsga taaluqli ma’lumotlardan (rekvezitlardan) iborat axborot materiali, muallif va tahririyat materiali-reklama hisoblanadi hamda u “reklama” yoki “reklama o’rnida” rukni ostida joylashtirmog’I lozim. Ammo so’ngi vaqtdagi usluban xato reklamalar OAV faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatib tomashabin intellektual salohiyatigaham o’z ta’sirini o’tkaziyapti.

    Yangiliklarni dolzarbligini, muhimligini ta’kidlash uchun o’qish sur’atini tezlashtirishingiz mumkin. Malakali suhandonni tajribasiz suhandondan ovozni boshqara olish qobiliyati ajratib turadi. Agar siz axborotni muhimligini bildirmoq uchun yuzingizning hatti-harakati bilan, yoki notabiiy ohang bilan harakat qilsangiz buning yolg’onligi bilinib, teletomashabinlar sizga ishonmaydi. Agar siz matn mazmunini tushinib o’qisangiz haqiqiy ohangning o’zi keladi. Ovoz bilan o’ynamang, agar sizning ohangingiz so’z ma’nosiga tog’ri kelsa gap maqsadga yetib boradi.

    Adabiyot ham bir davrlarda yozma holda bo’lgan. Yozma adabiyotdan avval xalq og’zaki ijodi mavjud edi. Badiiy ijod ahli: shoir, yozuvchi, bahshi, oqin, ertakchi, notiq, voiz, shaklida faoliyat ko’rsatishgan. Odamlar savodini chiqarib, yozish-chizishni o’rganganda ham o’qish uchun kitoblar kam bo’lganligi, hattotlar xizmati qimmat bo’lganligi sababli adabiyot og’izdan-og’izga o’tib rivojlangan, xizmat ko’rsatgan.

    Shundan so’ng bosma dastgoh kashf qilindi. Inson 500 yil davomida ehtirossiz, ovozsiz, shovqinsiz o’z fikri, maqsadini bildirishga, jonli nutqqa o’rgandi. Yillar o’tib kashf qilingan tasvirli media orqali odamlarga xabar yetkazish yo’lga qo’yildi. Bu degani endi faqatgina tilning o’zi kamliq qiladi degani. Tasvir uchun nutq, uslub ham muhim bo’lib qoldi. Quyidagilar haqida qayg’urish va ta’minlash jurnalist vazifasi qilib belgilandi:



    • suxandon madaniyati, uning aqli, tajribasi, ichki dunyosining boyligi haqida;

    • suxandondagi insoniy kamtarlik bilan o’z kasbiga, o’z malakasiga, o’ziga bo’lgan ishonchi to’g’risida;

    • ijodiy guruhdagi o’zaro munosabatlar va odamlar bilan chiqisha bilishlik xislatlari haqida;

    • yangiliklar o’qiydigan suxandon;

    • jonli ko’rsatuv va eshittirishlar; teletomashabin va radiotinglovchilarni televideniye va radioeshittirishlar dasturlari bilan tanishtirish;

    Intervyu;

    Kadr ortidan o’qiladigan matn;

    Voqea sodir bo’layotgan joydan olib borilayotgan ko’rsatuv va eshittirishlar xususida;

    Turli mavzudagi matnlarni o’qish tezligi to’g’risida;

    Suxandonning kadrda, efirda, mikrafon oldida o’zini tutishi to’g’risida;

    Matnni o’qiyotgan paytdagi suxandon ehtirosi, hayajoni, munosabatlari haqida;

    Ovozning past-balandligi to’g’risida;

    Ifodali o’qish va suxandon ovozining ohangi;

    Suxandonning ovoz xususiyatlariga qarab turli dasturlarni o’qishga qo’yish haqida;

    Videokamera va obektivga qarab gapirish talablari xususida;

    Improvizatsiya;

    Kamera va mikrofon oldida fikrlash qobiliyati;

    Improvizatsiya va og’zaki ijod masalalari;

    So’zlash mahorati;

    Jonli efirdagi nutqqa bo’lgan talab;

    Efir tili va o’qish, gapirish uslubi xususida suxandonning yoqimli, qat’iy va ayni paytda nazokatli hatti-harakatlari haqida;

    Kadrda o’zini-o’zi nazorat qilish;

    Hatti- harakat va nutq nazorati;

    Ko’z, qosh, kiprik harakatlari haqida, suxandon chehrasi, yuz harakatlari to’g’risida;

    Qo’l harakati haqida;

    Kamera oldida qanday o’tirish, qanday turish, o’zni qanday tutish to’g’risida;

    Jonli efir paytida studiyada qanday harakat qilishi tavsiya etilishi haqida;

    Efirda o’qiladigan matnga bo’lgan talablar;

    Telesuflyordan foydalanish haqida;

    Suxandon kiyimi, bezagi, taqinchoqlari va tashqi ko’rinishi;

    Markaziy appartxona;

    Ovoz yozish va efirga chiqish studiyalari;

    Yuz, ko’z va ovoz – ichki ruhiyat ko’zgusi;

    Matn mazmuniga, ruhiyatiga kirish;

    Matnni suxandonning ovoz tembri, ovoz ohangining ranglari bilan boyitish;

    Teletomashabin va radiotinglovchiga matnni tushunarli qilib yetkazish mahorati;

    Ovoz yoziladigan magnit tasmasi;

    Suxandon ko’rsatuv olib boradigan studiya;

    Studiya apparatlari, asbob – uskunalari, ularnig xizmat funksiyalari haqida;

    Videokamera, statsionar, KTS, portativ kamera;

    Studiyaning yoritgich chiroqlari;

    Monitorlar;

    Suxandon orqasidagi katta teleekrandan foydalanish;

    Suxandon pulti;

    Mikrofon;

    Matnni efirdan oldin tekshirish;

    Matnni daqiqa va soniyalarga bo’lib chiqish;

    Matn hajmini tekshirish;

    Matndagi suxandon belgilari;

    Grim, kino grimi, TV grimi, teatr grimi;

    Dastur, ko’rsatuv boshlanishini e’lon qilish;

    Bo’sh qolgan vaqtni qanday to’ldirish mumkinligi haqida;

    So’zni tejash haqida;

    Kadr ortidan o’qiladigan e’lonlar;

    Yangiliklar dasturi;

    O’qilayotgan xabar haqida to’laroq ma’lumotlarga ega bo’lish zarurligi haqida;

    Tasvvur, suxandonning ichki dunyosi, uning ruhiy olami haqida;

    Yangiliklarni o’qishga hozirlik ko’rish;

    Yangiliklar dasturi olib boriladigan studiya;

    Telesuflyor texnikasi va boshqa texnik imkoniyatlar haqida;

    Yangiliklarni efirga berish yo’llari haqida;

    Jonli efirda ishlash talablari:

    Ovoz nihoyatda ko’p mashq qilingan bo’lishi, unda har biro hang maromiga yetgan bo’lishi kerak;

    Rasmiy matn, badiiy matn, lirik matn, axborot matni, publitsistik matn, satiristik va yumoristik asarlar matnlari, kinoyali feleton, zaharxanda pamphlet matni, do’stona suhbat matni, axborot berishni istamayotgan kishiga savol berish usuli – bularning har birinig o’z ohangi, o’z yondashuvi, o’z urg’ulari bo’ladi va buni diktor juda yaxshi bilishi kerak;

    Tajribali suxandonlar hamma vaqt o’z o’qishiga katta ma’suliyat bilan yondashib, ijrosiga ajoyib yangi-yangi ohanglarni qo’shadi, urg’ularni ishlatadi.



    Ayol teletomoshabinlar erkak diktorni ma’qul ko’rishsa, erkak teletomoshabinlar ayol diktorni ma’qul ko’rishadi. Lekin, tahlil natijasida bir narsa ayon bo’ldiki, barcha teletomoshabinlar matnni asosan erkak diktor o’qishini xohlashar ekan.

    Ayol diktor efirda biror axborotni noto’g’ri o’qib yuborsa butun vujudi bilan iymanib, mayus jilmayib kechirim so’ragandek bo’lsa bu hatti-harakatlari tabiiy deb qabul qilib, uni kechirish mumkin. Lekin shunday qiliqni erkak diktor qilsa bu g’alatiroq ko’ringan bo’lar edi. bunday vaziyatda boshqacha yondashuv kerak bo’ladi.


    Download 45.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Bajardi: Bobobek Mahramov

    Download 45.17 Kb.