|
Bajardi: Qabul qildi: samarqand – 2024 mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 1/4 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #241578 |
Bog'liq kompyuter arxitekturasi 1 mustaqil ish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI
FAKULTETI
Kompyuter arxitekturasi fanidan
MUSTAQIL ISH -1
Mavzu: Kompyuterlarning amaliy dasturlash tillari satxi.
Bajardi:
Qabul qildi:
SAMARQAND – 2024
MUNDARIJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM.
2.1- Amaliy dasturlash nima?
2.2- Masalani mashina tilida dasturlash?
2.3-Kompyuter dasturlash tillari ro'yxati
2.4- O'rganish uchun eng oson 5 ta dasturlash tillari
2.5- O'rganish uchun eng qiyin 5 ta dasturlash tillari
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM.
2.1- Amaliy dasturlash nima?
Dasturlash — kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Dasturlash 1. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashina tilida Dasturlash; masalani mashina tilida Dasturlash
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar konkret mashina komandalari sistemasiga bogʻliq boʻlmasligi va iboralar strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan, alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi (shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
|
| |