• 2 Ishlab chiqarish zo’nalari haqida umumiy ma’lumotlar.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Bajardi: Qo’chqarov Asadbek 17-guruh Reja: Chirchiq shaxardagi ekologik vaziyat yaxshilanishiga sabablar




    Download 258.7 Kb.
    Sana10.02.2024
    Hajmi258.7 Kb.
    #154245
    Bog'liq
    Qo\'chqarov Asadbek SXMIM 417-guruh
    Voleybol 2222, Mavzu quritish jarayoni, 2-mavzu Quduqlarning turlari-fayllar.org (1), Shablon, ГПП-2, 3- mavzu Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari-azkurs.org, BTIMO MUSTAQIL ISH 165-21 Choriyev Sardor, Choriyev Sardor IMT 165-21 guruh ABN kurs ishi, Биология-, kollektivnyj-dogovor-Blank, 2 5463153754326962040, 2 5474346988856153403, 2 5467407318138228622, 2 5474346988856153404, Asrorxonova Dilnavozxon KI 14-20 S 2-mustaqil ish

    ,,Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MILLIY TADQIQOTLAR UNVERSITETI FAN: EKALOGIK EKISPERTIZA. Mavzu: Chirchiq shahridagi ekologik vaziyat

    Bajardi: Qo’chqarov Asadbek 417-guruh

    Reja:

    1 Chirchiq shaxardagi ekologik vaziyat yaxshilanishiga sabablar.

    2 Ishlab chiqarish zo’nalari haqida umumiy ma’lumotlar.

    3 “«MAXAM-CHIRCHIQ» va «AMMOFOS-MAXAM» korxonalari haqida ma’lumotlar.

    ; Vazirlar Mahkamasining “2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi: 2020-2022 yillarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari; Chirchiq shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati hamda bo‘sh turgan obektlardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar; Chirchiq shahrida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli

    Chirchiq shahrida ta'lim sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, madaniy-ma'rifiy sohada aholi faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

    Quyidagilar: a) Toshkent viloyati hokimligining Chirchiq shahrida ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa, ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, maysazorlar va gulzorlarni tashkil etib, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish maqsadida 2020-2022 yillarda shaharning sug‘orish tizimini, loyiha-smeta hujjatlari asosida mahalliy budjet hisobidan zarur mablag‘lar ajratgan holda barpo etish; b) “O‘zkimyosanoag” aksiyadorlik jamiyatining Chirchiq shahri “Nur” mahallasi hududida joylashgan markaziy alleyasini rekonstruksiya qilish ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi. Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi Chirchiq shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosini qurish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Toshkent viloyati hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda 2020 yil III choragida Chirchiq shahri “Madaniyat” mahallasi hududida harbiy xizmatchilar oila a'zolari uchun qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylarning atrofini obodonlashtirish, irrigatsiya tizimlarini tortish, yer osti vertikal qudug‘i hamda tungi yoritish tizimlarini qurish ishlarini yakunlash choralarini ko‘radi.

    Shaharda „Chirchiqqishloqmash“, „Transformator“, „Oʻzbekkimyomash“, „Elektrkimyosanoat“ (mineral oʻgʻitlar), qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kabi korxonalar ishlab turibdi. 26 ta qoʻshma korxona (shu jumladan, „Kibo“, „Chirkom“, „Uzmetalltexnolodji“, „Bursel—Tashkent—Tekstil“), 850 dan ziyod kichik korxona faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, temirbeton konstruksiyalari ishlab chiqariladi. Gʻisht, asfaltbeton zavodlari, goʻsht, non ktlari, poyabzal va tikuvchilik fabrikalari mavjud.

    “Maxam-Chirchiq” va “Ammofos-Maksam” aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish Davlat qo‘mitasi veb-saytida yoritilgan axborotda ko‘tarilgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi” Ma'lum qilinishicha, “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan 2018 yilda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishiga 307,2 mln. so‘m va 76 ming AQSh dollari sarflangan.

    Atrof-muhitga ta'sirning o‘rnatilgan normativlariga rioya qilinishning idoraviy nazoratini amalga oshirish, sanoat tashlanmalarda, oqova va tabiiy suvlarda zararli kimyoviy moddalar tarkibi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek, oqova suvlar, changyutgich va gaz tozalash qurilmalari ishining samaraligini nazorat qilish uchun korxonalarda akkreditatsiyalangan sanitar laboratoriyalari faoliyat olib boradi. Nazoratni kuchaytirish maqsadida korxonaning sanitar himoya zonasida, Chirchiq shahri va unga yondosh hududlarini nazorati har ikki soat davomida sanitar laboratoriya vakillari tomonidan olib borilmoqda.

    Havo tarkibini uzluksiz nazorat qilish uchun ishlab chiqarish sexlari hududida 11 ta gaz tahlil uskunalari joylashtirilgan hamda onlayn nazorat qiluvchi 3 ta turg‘un postlari Chirchiq shahar va unga yondashgan hududlar atmosfera havo va zararli moddalar tarkibini aniqlash uchun o‘rnatilgan. Ulardan olingan axborotlar Gidrometeorologiya hududiy xizmatiga onlayn tarzda berib boriladi”

    • O‘zkimyosanoat” AJ matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini kamaytirish maqsadida joriy yil avgustda karbamid va ammiakli selitra ishlab chiqarish sexlarida Dzerjinsk karbamid ilmiy tadqiqot instituti, Moskva davlat azot ishlab chiqarish loyihalashtirish institut (Rossiya)lari tomonidan ekologik audit o‘tkazilgan. Audit natijalari bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga asosan tozalash inshootlari modernizatsiya qilinadi, texnologik o‘zgartirishlar kiritilish ishlari amalga oshiriladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar:

    • 1. Jumaev T.J. «Ekologik ekspertiza». O'quv qo'llanma. T., TDIU 2004 -128 b. 2. Donchenko V.K. Pichurka V.M. Ekologicheskaya ekspertiza.Uchebnoe posobie. -M.: Akadem nauk. 2010.- 502 st. 3. David Tyldesley. A Handbook on Environmental Impact Assessment. Scottish Natural Heritage. Glazgo. 2005 - 278 p.

    Download 258.7 Kb.




    Download 258.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: Qo’chqarov Asadbek 17-guruh Reja: Chirchiq shaxardagi ekologik vaziyat yaxshilanishiga sabablar

    Download 258.7 Kb.