Yo‘lovchilar tashishdagi texnik vositalar




Download 0,94 Mb.
bet5/11
Sana05.02.2024
Hajmi0,94 Mb.
#151734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Husniddin
Doc3, baxrom, Mustaqil ta\'lim va mustaqil ishlar, 4 -laboratoriya ishi, Mustaqil ta\'lim sirtqi materik va okeanlar tabiiy geografiyasi, 23-dars. Amaliy mashg\'ulot, Hosila va uning tatbiqlari. Reja-fayllar.org, 230-233, 1674467493 rahkb-dyp1j, STF-3a Abdullayev Urol YTITE va B kurs ishi qo\'lyozmasi, YTITE va B kurs ishi qo\'lyozmasi.docx, Документ Microsoft Office Word, 1111, moxira
1.4 Yo‘lovchilar tashishdagi texnik vositalar

Yo‘lovchilar tashishni ta’minlovchi asosiy texnik vositalar – harakat tarkiblari, avtomatika telemexanika, yo‘l va boshqa qurilmalar Yuqori darajali ishonchlilikka ega bo‘lishi lozim.


Temir yo‘llarning ko‘pgina inshootlari va qurilmalari ham yo‘lovchi hamYuk harakatlariga xizmat ko‘rsatishini e’tiborga olsak, ularning ishlash texnologiyalarining optimal paramaetrlari har ikkala harakat turlari uchun ham tanlab olinadi. Yo‘lovchi tashishlarga xizmat ko‘rsatuvchi texnik vositalar yuqori darajadagi tezlikni (ya’ni yaqin orada 160 km/soat, keyinchalik esa alohida uchastkalarda 200 km/soatgacha), harakaktlanish xavfsizliginiyo‘lovchi va Shaharatrof poyezdlarining optimal og‘irligini, yo‘lovchilarni poyezdlarda yurishlarining va ularga vokzallarda servis xizmat ko‘rsatilishining qulayligini, yo‘lovchilarga poyezdlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqliligini (poyezdlarning kelishi va ketish vaqtlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar), yo‘lovchilarni poyezddan poyezdga qayta o‘tirishlariga ketadigan vaqtning minimalligini va shu bilan birga yo‘lovchi tashishlarining yuqori darajadagi samaradorligi va iqtisodiy jihatdan arzonligini ta’minlamashi lozim.
Hozirgi vaqtda temir yo‘l transporti tizimida yo‘llarning 85% og‘ir relslarbilan jihozlangan. yuk tashish harakatlari katta bo‘lgan liniyalarda R75 markali relslardan foydalaniladi. Tezlashtirilgan poyezdlarni o‘tkazish uchun stansiyalarda quyidagi markadagi strelka o‘tkazgichlari o‘rnatilgan: 1/11, 1/18, 1/22kelajakda esa 1/30 strelka o‘tkazgichlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.Strelka tipa R65 turdagi 1/18 markali strelka o‘tkazgichlari poyezdlarni yon yo‘llarga qabul qilishda 80-90 km/soat tezlik bilan harakatlanishlariga imkon bersa, R65 1/22 markali strelka o‘tkazgichlari120 km/soat tezlik bilan harakatlanish imkonini beradi.
Zamonaviy elektrovozlar, teplovozlar, motorvagon harakat tarkiblari, rolikli podshibnikdagi metall tarkibli vagonlar yo‘lovchi vagonlar tarkibida yuqori tezlik bilan harakatlanishga mo‘ljallangan. Yo‘lovchi vagonlarining og‘irligi va harakatlanish tezliklari lokomotivlar orqali aniqlanadi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar – ishonchli darajadagi ishlash, etarli darajadagi quvvatlilik, avtonomlik, foydalanishning osonligi va iqtisodiy jihatdan samaradorligi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyalarida quyidagi markadagi chex elektrovozlari faoliyat ko‘rsatmoqda:

  • CHS-1, CHS-3, quvvati 2350 KVt va 120 km/soat tezlikgacha chiqishi mumkin;

  • CHS-2 N = 4200 KVt, V = 160 km/soat;

  • CHS-4 N = 5100 KVt, V = 160 km/soat;

  • CHS-2T N = 4510 KVt, V = 160 km/soatgacha.

O‘zimizning elektrovozlardan esa – “O‘zbekiston” – 120 km/soat tezlikgacha va “O‘zbekiston Yo‘lovchi” - 140 km/soat tezlikgacha.
Yuqori tezlik harakatida uchun ER 200 elektr poyezdidan foydalaniladi va u bir vaqtning o‘zida tarkibida 800 tagacha bo‘lgan yo‘lovchilari bilan tezlikni soatiga 200 kilometrga etkazishi mumkin.
Yo‘lovchi tashish harakatidagi teplovozlarning asosiy turlari:

  • ikki seksiyali TE7 teplovozi, kuvvati 1470 kVt (har bir seksiyasi), tezlikni soatiga 140 kilometrgacha chiqarishi mumkin;

  • bir seksiyali TE10 lokomotivi, quvvati2200 kVt bo‘lib, tezligi soatiga 140 kilometrgacha chiqishi mumkin;

  • TEP 60 quvvati 2200 kVt tezligisovatiga 140 kilometrgacha;

  • TEP 70, quvvati 2200 kVt, tezligi soatiga 140 kilometrgacha.

Teplovozlar ham elektrovozlar singari mahalliy hamda uzoq masofaga qatnovchi og‘irligi 1200 tonnagacha bo‘lgan yo‘lovchi poyezdlarini soatiga 120-160 kilometr tezlik bilan tortish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bizga ma’lumki nisbatan og‘irroq poyezdlar uchun bunday tezliklarga teplovozlarni seksiyalash yo‘l orqali erishish mumkin.
Shahar atrof yo‘lovchi tashish harakatida esa tortuv turini tanlashda Yuk hamda yo‘lovchi tashish harakatidagi tortuv bilan ta’minlash harakteriga nisbatan aniqlanadi.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyalarda Shahar atrofi yo‘lovchilarini tashishda elektrovozlar va elektr poyezdlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Elektr poyezdlar asosan 8,10 va 12 vagon tarkiblaridan tashkil topadi. Ular motorvagon seksiyalardan tuzilgan bo‘ladi. (motorvagon hamda ulangan vagonlardan tashkil topadi).
Elektr poyezdlar asosan tashiladigan yo‘lovchi oqimlari miqdori katta bo‘lgan uchastkalarda qo‘llanilishi samarali hisoblanadi. Elektrlashtirilmagan temir yo‘l liniyalarida esa Shaharatrofpoyezdlar harakati dizel poyezdlar yoki avtomotrisalar orqali amalga oshiriladi. Dizel poyezdlar hamda qo‘shilgan vagonlar tarkibidagi seksiyalarning miqdori sutka vaqtiga bog‘liqdir. U tarkibning yuqori ishonchliligini ta’minlamog‘i lozim. seksiyalar odatda stansiyalarda ulanadi yoki ajratiladi.
Temir yo‘llarda harakatlanadigan vagonlarning aksariyati to‘liq metalivagonlardir. Vagonlarning asosiy turlari: yumshoq vagonlar ikki o‘rinli kupedan tashkil topgan maxsus vagon (SV), to‘rt o‘rinli yumshoq vagonlar (MK), kupeyli (K), kupeyli bufeti bilan (KB), kupeyli radiouzeli bilan (KR), platskart(PL), harakatlanuvchi saqlash kamerali vagonlar (PKX), bagaj (B), pochta (P), vagon-restoran ( VR), vagon-garajlar (V-gar).
To‘liq metalli vagonlarning tara kattaliklari nisbatan Yuqori bo‘lib (48–56 tonna) ulardagi sig‘dira olish xususiyati yo‘lovchi vagonlarining yo‘lovchilar miqdori uncha katta bo‘lmagan sharoitiga nisbatan og‘irlik me’yorlarining yuqoriligini belgilab beradi (800–1200 t).Vagonning tara og‘irligini kamaytirish maqsadida yengil va yuqori darajadagi chidamlilikka ega bo‘lgan materiallardan (alyuminiy va polimer eritmalaridan) foydalanish lozim bo‘ladi.
Lokomotiv tortuv turidagi istiqbolli yo‘lovchi vagonlarning asosiy turlarining qisqacha harakteristikalari 2.1.jadvalda keltirilgan.
2.1.Jadval



Vagon turi

Qurilmaning asosiy ahamiyatlari va vagonning jihozlanganliligi

Belgilari

Nomi

SV

1-sinf
Maxsus vagon

Ikki o‘rinli kupeli, radiopriyomnik, telefon (telefaks), isitgichlari,ventillyatsiyasi (havoni konditsionerlovchi) va yoritish vositalari alohida boshqariladigan; vagonda ikkita dushli tualet, mini-bar va seyf mavjud

KSP

2-sinf yotib ketish vagoni

To‘rt o‘rinli kupeli, radiopriyomnik isitgichlari, ventillyasiyasi (havoni konditsionerlovchi) va yoritish vositalari alohida boshqariladigan; vagonda ikkita dushli tualet, mini-avtomat bar, umumiy telefon-telefaks

KSD-4/2

O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 1- sinf vagoni

To‘rt yoki ikki o‘rinli kreslolari holatini o‘zgartirsa bo‘ladigan kupeli vagon, vagonning yoritilishi SV vagonining turiga o‘xshagan; nogironlar uchun kupe ko‘zda tutilgan

OSP

3-sinf yotib ketish vagoni

Amaldagi platskart vagonning turi bo‘yicha faqat yaxshilangan planirovka bo‘yicha, konditsioner o‘rnatilgan,yo‘lovchilar uchun Yuqori darajadagi qulayliklarga ega

KSD-6

O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 2- isnf vagoni

Oltita o‘rinli kreslolari holati o‘zgariladigan kupeli vagon, yoritilishi KSP turidagi vagonnikiga o‘xshagan; nogironlar uchun kupe ko‘zda tutilgan

OSK

O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 3- isnf vagoni

Umumiy salonli vagon, alohidaholati o‘zgartiriladigan o‘tirish kreslolariga ega, mahalliy aloqadagi radio translyasiya, isitish hamda ventillyasiya tizimi markaziy boshqaruvda, yoritish tizimi umumiy; ikkita tualet, Yuvinish jo‘mragi, mini-bar-avtomat

OSD

O‘tirib ketish o‘rinlariga ega bo‘lgan 4- isnf vagoni

Umumiy salonga ega bo‘lgan vagon, ikki yoki uch o‘rinli o‘tirib ketish uchun divanlar, yig‘ilish maydonchasi, keng kirish eshiklari, isitish, ventillyasiya va yoritish tizimlari avtomatlashtirilgan;mahalliy hamda Shahar atrofi yo‘lovchilarini tashish uchun ikki qavatli modifikatsiyasini yaratish imkoniyati mavjud

VR

Vagon-
restoran

Bir marotaba ishlatiladigan idishlarda joylashtirilgan taomlarni tarqatish asosida xizmat ko‘rsatish tizimiga ega bo‘lgan vagon-restoran (tayyorlab berish jarayonlarisiz)

VK

Vagon-klub

Televideo ko‘rsatuvlar namoishi uchun mo‘ljallangan zalga ega bo‘lgan vagon bo‘lib30—40 o‘ringa, bar-bufet, telefon, tualet va xodimlar uchun kupega ega.

VB

Vagon-bufet

KSD-6 vagonibazasidayaratilganvagon-mikstbo‘libundauchtakupeo‘rniga 15 — 20 o‘ringaegabo‘lganbar-bufetjoylashtirilgan

GPB

Yuk-pochta-bagaj vagoni

Bagaj, kichik partiyadagi tezkor yuklar va pochtani tashish uchun mo‘ljallangan vagon bo‘lib,alohida qo‘shimcha eshik lar va qurilmalarga hamda xodimlarning dam olishlari uchun kupe ega.




Download 0,94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yo‘lovchilar tashishdagi texnik vositalar

Download 0,94 Mb.