Baliq mikrobiologiyasi




Download 3,32 Mb.
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi3,32 Mb.
#230231
  1   2   3
Bog'liq
Baliq mikrobiologiyasi

Baliq mikrobiologiyasi.

Baliq va uning mahsulotlari, boshqa baliqdan tashqari gidrobiontlar va ulardan olinadigan mahsulotlar kundalik, parhez va shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlari sifatidagi qiymati oqsillar, engil eruvchi yog‘lar, vitaminlar, yod. Sa, R, va boshqa mineral birikmalarning barchasi bilan belgilanadi. Bu birikmalarning barchasi mikroorganizmlar uchun eng yaxshi ozuqa muhiti hisoblanadi, shunga ko’ra baliq va undan tayyorlangan mahsulotlar. yirik qoramollar go’shtiga nisbatan saqlashga chidamlidir. Baliqlarni saqlashning turli usullarining mavjudligining mohiyati ham shundadir. Ko’pchilik baliqlar butun holida saqlanadi va ularning ichaklarida, jabralarida juda ko’plab mikroblar mavjuddir. Baliq tutilgandan keyin bo’g‘ilib o’ladi, jabralarni esa qon bilan to’lishi mikroblar uchun qulay ozuqa muhitini yaratadi. Baliq sirtini qoplagan shiliq qavat ham yaxshi ozuqa muhiti bo’lib, ko’plab miqdorda mikroorganizmlar tushadi. SHiliqning asosiy komponenti glyukoprotein (mutsin) oqsili bo’lib, undan tashqari shiliqda erkin aminokislotalar ham ko’p uchraydi. Baliq go’shtida biriktiruvchi to’qimalar kam bo’lganligi uchun issiq qonli hayvonlar go’shti

Baliq go’shtida biriktiruvchi to’qimalar kam bo’lganligi uchun issiq qonli hayvonlar go’shtiga nisbatan ancha yumshoq konsistensiyaga egadir va bu mikroblarni baliq tanasida tez tarqalishiga qulay sharoit yaratadi. YAngi tutilgan baliq sirtidagi mikroorganizmlar soni va ularning sifat tarkibi baliqning zoti, suv xavzasining tabiati va ifloslanganlik darajasi, ovlash mavsumi, ovlanayotgan hududlarning jug‘rofiyasi uning, ovlash texnikasi kabi omillarga bog‘liq bo’ladi. YAngi tutilgan baliqlar sirtidagi 1 sm2 yo’zada 1x102 -1x104 gacha mikrob hujayralari uchraydi. Bularda odatda suvda yashovchi mikroorganizmlar – anaeroblar, sporasizlar, Pseudomanas, Alcoligenes, Acinetobacter, Flavobacterium turlariga kiruvchi grammanfiy (bo’yalmaydigan) tayoqchalar, mikrokokqilar, koreneform bakteriyalar, ba’zan spora hosil qiluvchi bakteriyalar, achitqilar va aktinomitsitlar uchraydi. Ifloslangan suv xavzalaridan tutilgan baliqlarda ichak tayoqchalari, proteyalar, ba’zan salmonella va entorokokqilar uchraydi. Mikroorganizmlarning eng ko’p miqdori baliqlarning jabralarda va ichaklarida uchraydi.


Download 3,32 Mb.
  1   2   3




Download 3,32 Mb.