• Shprot, sardina limon bilan.
  • Seld garnir bilan.
  • Baliq sovuq taomiari va gazaklari




    Download 0,49 Mb.
    bet13/29
    Sana13.02.2024
    Hajmi0,49 Mb.
    #155986
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
    Bog'liq
    Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymati

    Baliq sovuq taomiari va gazaklari
    Sovuq taomlar va gazaklar uchun yangi baliq yoki gastronom baliq mahsulotlari ishlatiladi. Yangi baliqlarga ishlov berish va bo'laklarga bo'lish issiq baliq taomlarinikiga o'xshash olib boriladi.
    Tuzlangan baliq (porsiyalangan). Baliq porsiyasiga 2—3 bo'lakdan qilib yupqa kesiladi va likobcha yoki laganchaga qo'yiladi. Tarqatishda baliq yoniga limon parragi va ko'kat solib beriladi. Agar taom osyotr oilasidagi baliqlardan tayyorlansa, uni pishirib, yupqa kesilgan kemirchak suyaklari bilan bezab beriladi.
    Shprot, sardina limon bilan. Shprot yoki sardina konserva bankasi ochilib, bir qator qilib likobchaga terilib, ustidan sharbati quyiladi. Ustiga limon parragi qo'yilib, ko'kat sepib beriladi.

    Kilki, hamsa yoki salaka piyoz va yog' bilan. Saralab, tozalanib yuvib ishlovdan o'tgan kilki, hamsa yoki salaka balig'i likobchaga terilib, bir chetiga mayda to'g'ralgan ko'k yoki bosh piyoz qo'yilib, ustidan dog'langan o'simlik yog'i quyilib ko'kat bilan bezaladi. Dog'langan yog' o'rniga salat sardagi quyib berilishi ham mumkin. Bu taomga pishirilgan kartoshka (100, 150 g) ko'k piyoz (15 g) qo'shib berilishi ham mumkin.
    Seld garnir bilan. Ishlovdan o'tib lahmga ajratilgan seld porsiyasiga 2—3 donadan bo'linib, seld likobchasiga (seledochnitsa) qo'yiladi, yoniga pishirib kubik shaklida kesilgan kartoshka, sabzi, qizilcha, parrak-parrak shaklida kesilgan yangi bodring, palladia shaklida kesilgan pomidor, ishlovdan o'tgan ko'k no'xat, tuxum, to'g'ralgan ko'k piyoz, halqa shaklida to'g'ralgan bosh piyozlardan qo'yib beriladi. Seld salat bargi va ko'kat bilan bezalishi mumkin. Garnirlar rangiga qarab ketma-ket qo'yiladi.
    Seld ustidan salat sardagi yoki gorchitsali salat sardagi berilishi mumkin. Sabzavotlar shakldor pichoqlar yordamida kesiladi. Garnirning bir qismi idishga yotiqrooq solinib, ustidan seld qo'yib tarqatiladi.
    Seld lahm joyi 35 g, tuxum 1/4 dona, garnir 75 g, sardak 15 g. Sof og'irligi 135 g.

    Download 0,49 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




    Download 0,49 Mb.