247
Ochiq oshkoralik tamoyili. Dasturiy majmualar ishlab chiqish va ekspluatatsiyasi
jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, tizimlarni yaratishda qator kelishuvlarga erishish
lozim.Bunday kelishuvlar ishlab chiqilgan va ular bajarilayotgan tizimlarni ochiq
oshkora deb atash qabul qilingan. Oshkora(ochiq) tizimlar standartiga rioya qilish
tizimlar eksplulatatsiyasi va modernizatsiyasiga harajatlarni qisqartirishga,
ishlanmalar sifatini oshirishga imkon beradi.
Kompyuter tizimiga talablarni ifodalashdan avval tizimdan kim foydalanishi,
bundan kim foyda olishi, tizimda qanday axborot ishlanishini aniqlab olish zarur. Agar
komp’yuter tizimi kutubxona kitobxonlariga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish
uchun tashkil etilsa, aviachiptalar sotishni avtomatlashtiruvchi tizimga qaraganda
boshqaroq talablar qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan bank elektron taxlil qilamiz.
Tizim foydalanuvchilari bank xodimlari bo’lib, ular hisoblash texnikasi va
informatika bo’yicha mahsus kasbiy ta’limga ega emas. Ular uchun komp’yuter
asosiy ishi uchun qo’shimcha yordamchi instrument.
Axborot texnologiyalardan foydalanish strategiyasini metodlar belgilaydi, ular
yordamida zamonaviy biznes va bu o’zgarishlarni boshqarish yo’llari o’zgartiriladi.
Zamonaviy bank faoliyatining foydaliligi ko’p jihatdan yuqori boshqaruvning o’z
vaqtida va to’liq axborot bilan ta’minlanishiga bog’liq. Axborot boshqaruvi tizimi
bankning o’z faoliyatidagi haqiqiy yordamchilari bo’lib, bozordagi holat bank
operatsiyalari foydaliligi, mijozlar hisobi holati va boshqalarga oid axborotlarni
ta’minlaydi. Ular yordamida olingan axborotlar bank tomonidan mijozlarga xizmat
ko’rsatishni yaxshilash va shaxsiy maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.