|
“Barakali million” reklama aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlariBog'liq “Barakali million” reklama aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlari
“Barakali million” reklama aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish
shartlari
1. Ushbu shartlar “Barakali million” reklama aksiyasi (keyingi o‘rinlarda - Aksiya)ni o‘tkazish
va unda ishtirok etish tartibini belgilaydi.
2. Aksiyaning amal qilishi davri – 2023-yil 7-dekabrdan 2024-yil 5-yanvarga qadar.
3. Aksiyada “O‘zMobayl” filialining GSM standartidagi mobil aloqa xizmatlaridan
foydalanuvchi, 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan abonentlar -
jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin.
4. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
- Aksiya oʻtkazilishi davrida “O‘zbektelekom” AK bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan
jismoniy shaxslar, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari;
- yuridik shaxslar.
5. Sovrinli jamgʻarma:
Sovrinli jamgʻarma (pullik sovrin)
Sovrin, soʻm
Davr
Miqdori, dona
Jami, soʻm
10 000 000
Har kunlik sovrin
30
300 000 000
Jami:
300 000 000
6. Aksiyada shaxsiy hisobidagi balansini 10 000 so‘m va undan ortiq bo‘lgan summaga
to‘ldirgan abonentlar ishtirok etishi mumkin.
7. Shaxsiy hisobning har bir to‘ldirlishi uchun (10 000 so'mga karrali summa uchun) abonentga
noyob ID-kod beriladi (har bir ID-kod = 10 000 s‘om = sovrin olish uchun bitta imkoniyat).
8. Balans bir marotaba, masalan, 35 000 so‘m miqdorida to‘ldirilganda, abonentga 3 ta ID-kod
beriladi (bitta toʻlov = ID kodlar soni har bir toʻliq 10 000 soʻm toʻlovga teng).
9. Sovrin har kuni o‘ynaladi, abonent to‘ldirgan kuni tayinlangan ID-lar ertasi kuni o'ynaladi.
10. Hisob to‘ldirilganda, abonentga ID-kodlar soni ko‘rsatilgan SMS-xabar yuboriladi (bitta ID-
kod = sovrin olish uchun bitta imkoniyat):
Shaxsiy hisobning har bir to‘ldirlishi abonentning sovrin yutib olish imkoniyatini
oshiradi.
Agar abonent Aksiya davrida o‘z hisobini bir necha marta to‘ldirsa, uning raqami mos
ravishda bir necha marta sovrin olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aksiya haqida ma’lumot olish buyrug‘i - *500*4#.
Abonentning shaxsiy hisobi to‘ldirilishi vaqtida abonent TP bo‘yicha abonent to‘lovini va
raqam uchun ijara to‘lovi/muddatli to‘lovni amalga oshirgan bo‘lishi lozim. Raqam faol holatda
bo‘lishi kerak.
11. ID-kod 00000001 dan 99 999 999 gacha bo‘lgan 8 xonali raqam formatida beriladi (tartib
bo‘yicha beriladi).
12. Aksiyada “M2M”, “Xizmat” seriyali va UZTELECOMning boshqa telekommunikatsiya
xizmatlari doirasida yagona tarif rejasiga kiritilgan konvergent tarif rejalarini o‘z ichiga olgan
tarif rejalaridan tashqari amaldagi va arhivdagi tarif rejalariga ulangan abonentlar, jismoniy
shahslar ishtirok etadilar.
13. Aksiya o‘tkazilishi va unda ishtirok etish shartlari haqida tegishli ma’lumotlar
Kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa
vositalari orqali e’lon qilinadi.
14. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga
ega va ushbu haqda tegishli ma’lumotlar Kompaniyaning www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida
joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali ma’lum qilinadi. Ishtirokchilar Aksiya
shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligini Kompaniyaning mazkur rasmiy veb-sayti orqali
mustaqil ravishda tekshirib turishlari mumkin.
|
| |