|
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari- bu
|
bet | 1/15 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 168,59 Kb. | | #228081 |
Bog'liq Mustaqil ish eko
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari
Barqaror rivojlanish maqsadlari– bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan global chaqirigʼidir. Barqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq miqdoriy maqsadlar mavjud emas. Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi, yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan. Mamlakatlar ushbu maqsadlarni oʼzining milliy sharoitlariga moslashtirishi, har bir vazifaga tegishli statistik koʼrsatkichlar uchun miqdoriy koʼrsatkichlarni aniqlashi hamda vazifalar va aniq miqdoriy koʼrsatkichlarni milliy strategik hujjatlarda belgilashi kerak.
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Departamentida (UNDESA) Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'limi (DSDG) BRMlar va ular bilan bog'liq tematik masalalar, shu jumladan suv, energetika, iqlim, okeanlar, urbanizatsiya, transport, fan va texnologiyalar uchun moddiy yordam ko'rsatish va salohiyatni oshirish bo'yicha ishlarni ta'minlaydi.
O'zbekistonda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari
Oʼzbekiston ham 2015 yilning sentabr oyida BMT Sammitida eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy darajada bajarilishi boʼyicha shartlarini qabul qildi va 2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni belgilab oldi[2]. Qaror asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun 16 ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 125 ta vazifalar tasdiqlandi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 841-son qarori qabul qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralar belgilandi. Shuningdek, hukumat darajasida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari rahbarligida idoralararo Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi va milliy BRMlarni amalga oshirish uchun tegishli «yoʼl xaritasi» qabul qilindi. BRM koʼrsatkichlari boʼyicha maʼlumotlarni monitoring qilish maqsadida nsdg.stat.uz sayti ishga tushirildi. Ushbu platforma mamlakatdagi BRMga erishishda mavjud vaziyat toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash va umumlashtirish uchun yagona markaz hisoblanadi.
Barqaror rivojlanish maqsadlari:
Qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish
Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.
Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish.
Barchani qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish..
Gender tengligini ta’minlash, barcha ayol va qiz bolalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
Barcha uchun xavfsiz suv zaxiralari va sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Barcha uchun energiyaning arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
Keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda barcha uchun bandlik va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlashga ko‘maklashish.
Mustahkam infratuzilma yaratish, keng sanoatlashgan va innovatsiyalar bilan boyitilgan tizim joriy etilishiga ko‘maklashish.
Mamlakatlararo va ichki tengsizlik darajasini qisqartirish.
Shahar va aholi yashash joylarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash.
Oqilona iste‘mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash.
Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish.
Barqaror taraqqiyot yo‘lida okeanlar, dengizlar va dengiz zaxiralarini asrash va ulardan oqilona foydalanish.
O‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llashishga qarshi kurashish, yer tanazzuli holatlariga chek qo‘yish va yer unumdorligini qayta tiklash hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketish xavfini bartaraf etish.
Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar qurilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish.
Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida global hamkorlikni faollashtirish.
Maqsadlarga erishish strategiyasi
BRMga erishish boʻyicha ishlar 2016-yil 1-yanvardan boshlanishi va 2030-yilning 31-dekabriga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Biroq, ilgari tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida ishlab chiqilgan ayrim vazifalar 2030-yil yakunidan avval ham hal qilinishi kutilmoqda. BRMga erishish quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi deb taxmin qilinadi:
Mamlakatlar mustaqil ravishda barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘z strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar. SDG mamlakatlarga oʻz rejalarini global majburiyatlari bilan muvofiqlashtirish imkonini beruvchi etalon boʻlib xizmat qiladi.
Barqaror rivojlanish boʻyicha yuqori darajadagi siyosiy forumda har yili BRMga erishish bo'yicha yutuqlar tahlili asosida kelgusidagi chora-tadbirlar belgilanadi.
Addis-Abeba Harakatlar dasturida (Taraqqiyotni moliyalashtirish bo'yicha uchinchi konferentsiyaning yakuniy hujjatida[5]) nazarda tutilganidek, barqaror rivojlanish sohasidagi yangi kun tartibini amalga oshirishga ko'maklashish uchun moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida BRMni amalga oshirish vositalarini nazorat qilish va ko'rib chiqish tashkil etiladi.
Texnologiyalarni rivojlantirish mexanizmi rivojlanayotgan mamlakatlarning texnologiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlashi va ushbu ehtiyojlarni qondirish va salohiyatni oshirish uchun muqobil variantlarni taqdim etishi kerak.
|
| |