|
Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish
|
bet | 2/15 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 168,59 Kb. | | #228081 |
Bog'liq Mustaqil ish eko
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida "Eng murakkab savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo’lida tahdid bo’lib turgan muammolarni anglab yetayapmizmi? Xavfsizlikka tahdid solib turgan muammolarga nimani qarshi qo’ya olamiz? Biz istiqomat qilayotgan mintaqada jo’g’rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo’la oladi? Xavfsizlikni qanday saqlab qolish mumkin?” degan savollar qo’yilgan.
Xavfsizlik nima? L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas.
Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar.
Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan.
|
| |