• Globalistika .
  • Global jarayonlarning shakllanish tarixi
  • Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari




    Download 1,35 Mb.
    bet1/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #229453
      1   2   3
    Bog'liq
    Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va

    Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari

    Telekomunikatsiya texnologiyalar fakulteti 731-23 guruhi sirtqi bo‘limi talabasi Qurbonov Mamurjonning taqdimot loyihasi

    Globallashuv hodisasi

    • Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. 

    Globalistika.

    • Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi

    Global jarayonlarning shakllanish tarixi

    • Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.

    Download 1,35 Mb.
      1   2   3




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari

    Download 1,35 Mb.