• Amerikaning kashf etilishi
  • Birinchi jahon urushi
  • Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari




    Download 1,35 Mb.
    bet2/3
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #229453
    1   2   3
    Bog'liq
    Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va

    Fundamental globallashuv

    • Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa u to‘la darajada borliqqa aylandi. Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi.Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. 

    Amerikaning kashf etilishi

    Birinchi jahon urushi

    • Shunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar o‘rtasida keskin kurash va ta’sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu pirovardda Birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik sayyoraning birorta ham yirik davlatiga urushdan yoki hech bo‘lmasa uning ta’siri va oqibatlaridan butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e’tiboran tarix faqat Evropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, SHarqtarixi bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya’ni tom ma’nodagi jahon tarixiga ham aylanganidan dalolat beradi.

    Birinchi jahon urushi

    Birinchi jahon urushi (28-iyul 1914 — 11-noyabr 1918) — odamzod tarixidagi eng yirik qonli urushlardan biridir.

    Globallashuvning serqirraligi

    • Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarg amunosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo‘ldi.

    Download 1,35 Mb.
    1   2   3




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Barqaror taraqqiyotni ta‘minlashda globallashuvning ijobiy va salbiy yo‘nalishlari

    Download 1,35 Mb.