Bosh direktorlarning afsuslari ro'yxati - Top 10




Download 199,5 Kb.
bet4/4
Sana22.11.2023
Hajmi199,5 Kb.
#103393
1   2   3   4
Bog'liq
Deyl Karnegi
Test Argos, Muzqaymoq (hikoya)Odil Yoqubov, Талабнома, MARUZA MATNI


Bosh direktorlarning afsuslari ro'yxati - Top 10.

B osh direktorlarga mansub bo'lgan dunyoga eng mashhur afsus-nadomat bu British Petroleumning sobiq Bosh direktori Toni Hayvordga tegishli "Men hayotimni qaytarib olishni xohlayman" degan nola bo'lsa ajabmas. Hech bo'lmaganda u hozir shunday degani uchun afsus checkmoqda. Shu hafta Forbesda bosilib chiqqan afsuslarga doir maqolaga izdosh sifatida o'zim tuzgan Bosh direktorlar afsuslarining kuchli o'ntaligini taklif qilmoqchi edim. Marhamat qilib, qaysi birini tushirib, nimani qo'shardingiz, ma'lum qiling.


Bosh direktorlarning afsuslari ro'yxati - men tuzgan Top 10:

  1. Boshqalarni ko'proq qadrlash uchun o'zimni o'zgartirish o'rniga atrofimdagilarni o'zgartirishga uringanimdan afsusdaman.

  2. Kishilarning shaxsiyatiga haddan ziyod e'tibor qaratib, ularning kuchli jamoalarni qurish va ularga hissa qo'shishdagi qimmatiga bepisand bo'lganimdan afsusdaman.

  3. Qaytariluvchi muammolarimizga nazar tashlash uchun toza nigohli va yangicha tajribalilarni tezda olib kelmaganimga afsuslanaman.

  4. Vaqti kelganda xodimlarimizni birinchi o'ringa qo'ymaganimizdan afsuslanaman.

  5. Joeni haydamaganimdan afsusdaman, chunki uning nima qilishini hech qachon tushunib yetmasdim.

  6. Organik tarzda o'sish o'rniga, o'sha yana bir ko'mpaniyani qo'shib olganimizdan afsusdaman.

  7. Uzoq qolib sinovdan o'tgan boshqaruv uslubini ushlash o'rniga, bir muddat shov-shuv bo'lgan juda ko'p sonli boshqaruv tryuklari ketidan quvganimdan afsusdaman.

  8. Ko'pincha ishimni oilam va sog'ligimdan ustun qo'yishimdan afsuslanaman.

  9. Uzoq muddatga e'tibor qaratish oxir oqibat ancha yaxshi samaralar keltirishini bilgan holda, juda tez-tez qisqa muddat natijalariga sajda qilganimdan afsusdaman.

  10. Xuddi o'zimga o'xshagan juda ko'p odamlarni ishga olganimdan afsusdaman.

Manba: Forbes.Com
Muallif: Karl Moore
Download 199,5 Kb.
1   2   3   4




Download 199,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh direktorlarning afsuslari ro'yxati - Top 10

Download 199,5 Kb.