Deyl karnegi “Ota pushaymoni”




Download 199,5 Kb.
bet2/4
Sana22.11.2023
Hajmi199,5 Kb.
#103393
1   2   3   4
Bog'liq
Deyl Karnegi

Deyl karnegi
“Ota pushaymoni”




“ Eshit, o’g’lim. Men bu so’zlarni sen uhlayotgan paytda aytyapman, sen kichkina qo’lchangni yuzing ostiga qo’ygansan, jimgalak malla cochlaring ho’l peshonangga yopishgan. Men bir o’zim sening xonangga yashirincha kirdim. Bir necha daqiqa avval men kutubxonada gazeta o’qib o’tirganimda”, menga pushaymonning og’ir to’lqini bostorib keldi. Men sening karavotchang oldiga o’z aybimni tushunib keldim.
O’g’lim , men mana bular haqida o’yladim : men yomon kayfiyatim alamini senga sochdim. Sen maktabga ketish uchun kiyinayotganingda ho’l sochiqni yuzingga endi tekkizganingda koyib berdim. Botingkangni tozalamaganing uchun men senga nasihat o’qidim. Kiyimingdan nimanidir tushirib yuborganingda senga g’azab bilan baqirdim.
Nonushta paytida ham men yana sendan ayb topishga urindim. Choyni to’kib yuborganing, ovqatni ochko’zlik bilan yutganing , tirsagingni stolga qo’yganing, nonga yog’ni juda qalin surtganing uchun qattiq urushdim. Keyin sen o’ynash uchun ketayotganingda, men esa poezdga shoshayotganimda , sen o’girilib menga qo’lingni silkib : “Xayr, dada!”deb qiyaqirganingda, men qoshlarimni chimirib : “Elkalaringni tik tut”, dedim. Keyin, kun oxirida hammasi qaytadan boshlandi. Uyga kelayotib yo’lda sening cho’kka tushib to’p o’ynayotganing , paypog’ing yirtiqligi uchun o’rtoqlaring oldida kamsitib, oldimga tushib uyga kelishingga majbur qildim. Paypoq qimmat turadi- agar uni sen o’z pullaringa sotib olganingda edi, batartibroq bo’larding, deb vaysadim.
Esingdami, shunday keyin sen men gazeta o’qib o’tirgan kutubxonaga qo’rqib, qarashingda g’am- alam bilan kirib kelding. Menga xalaqit berganing uchun achchiqlanib senga gazeta ustidan ko’z tashlaganimda, sen eshik oldidan ikkilanib to’xtading :”Senga nima kerak ?” – deb keskin so’radim.
Sen hech narsa demasdan, birdan menga o’zingni otib, bo’ynimdan quchoqlading va o’pding. Sening qulchalaring tangri yuragingga slogan va hatto mening beparvo munosabatim ham so’ndira olmagan muhabbat bilan meni siqib olgan edi. Keyin sen zinapoya bo’ylab mayday qadam tashlab yuqoriga chiqib ketding. Ha o’g’lim , shunday ko’p o’tmay gazeta mening qo’limdan sirg’alib tushdi va meni dahshatli, nafrat qo’zg’atadigan qo’rquv egallab oldi . Odatim meni qay holga soldi ? Aybsitish, koyish odati-
sen kichkina bola bo’lganing uchun mening senga mukofotim shu edi. Men seni yaxshi ko’rmaganman, deb bo’lmaydi, hamma gap shundaki, men yosh boladan juda ko’p narsani kutgan va senga o’zimning yoshimdagi odamdek yondashgan ekanman. Sening xarakteringda qoyil qoladigan , g’ozal va samimiy jihatlar juda kop. Sening jajji yuraging shunchalik buyukki, xuddi olis tepaliklar ustidagi tong kabi. Bu sening tabiiy jushqinligingda, uyquga yotishdan oldin meni o’pib qo’yish uchun quchog’imga otilganingda namoyon bo’lgan. Bugun boshqa hech narsaning ahamiyati yo’q, o’g’lim. Men serning karavotchang oldiga qorong’ida va xijolat bo’lib keldim, sening oldingda bosh egib turibman.
Bu asossiz o’zini oqlash .Men bilaman, agar uyg’onganingdan so’ng senga bularning hamasini aytsam, bu narsalarni tushunmagan bo’lar eding. Ammo ertaga men haqiqiy ota bo’laman! Men sen bilan do’st bo’laman, sen azoblansang azoblanaman , agar sen kulsang, men ham kulaman. Agar og’zimdan g’azobnok so’z chiqishga tayyor bo’lsa, men tilimni tishlab uzib olaman. Men quyidagi so’zlarni doimo duo kabi takrorlayman:”Axir u bola-ku, kichkina bola!” Men xayolimda sening o’rningda erkak kishini ko’rganimdan vahimaga tushaman. Biroq hozir , seni charchagan holda karavotchangda g’ujanak bo’lib yotganingni ko’rganimda, sen hali bola ekanligingni tushunyapman. Kechagina sen onangning qo’lida eding va sening boshchang uning elkasida turardi. Men haddan tashqari ko’p narsa talab qilgan ekanman”.

Download 199,5 Kb.
1   2   3   4




Download 199,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Deyl karnegi “Ota pushaymoni”

Download 199,5 Kb.