Shunday ekan, agar siz o’z oilaviy hayotingiz baxtini saqlamoqchi bo’lsangiz, uchinchi qoidani yodda tuting :” Tanqid qilmang”




Download 199,5 Kb.
bet3/4
Sana22.11.2023
Hajmi199,5 Kb.
#103393
1   2   3   4
Bog'liq
Deyl Karnegi

Shunday ekan, agar siz o’z oilaviy hayotingiz baxtini saqlamoqchi bo’lsangiz, uchinchi qoidani yodda tuting :” Tanqid qilmang”.

QIZIQUVCHANLIKNING TO’RT RO’YHATI

Siz o’zingiz beradigan savol bor: “Meni nima qiziqtiradi?” Har xil narsalar har xil kishilar uchun turli qiziqtiruvchi bo’lib xizmat qiladi. Har birimizning ham nozik joylarimiz bor. Siz ruhiy izlanishda bo’lsangiz, men ishonamanki, o’zingizning shahsiy intilish va qiziqtirishingiz ro’yhatini tuzishga harakat qilasiz. O’ziga to’la jalb qiluvchi qaysi qiziqish faktorlarini ajratish kerak? Moliyaviy daromadingizni ko’paytirishdan tashqari to’rtta asosiy qiziqish (motivator)lar mavjud . 


Ulardan biri – tan olinish. Taniqli kompaniyalar rahbarlari va yirik menejerlar tan olinishi moddiy mukofotlardan afzal ko’radilar. Muvaffaqiyatli ish olib borayotgan kompaniyalar, ayniqsa, chakana savdo bilan shug’ullanuvchilar o’z xodimlarining katta-kichik muvaffaqiyatlari uchun ularning tan olishlariga ko’proq e-tibor beradilar. Ko’pchilik uning haqida hech kim g’amxo’rlik qilmaydi, deb o’ylaydi. Ularning mehnatiga baho berish ularning jamiyatda o’z orin bor ekanini bildiradi. Kishilarni yaxshi biladiganlar “Siz alohida odamsiz . Siz bilan ishlash naqadar maroqli”, deb ta’qidlaydilar. Men ishonamanki, qaysi sohada bo’lmasin , kompaniyalar ko’proq xodimlarga e’tiborni kuchaytirsalar, ishlab chiqarish unumdorligi mislsiz oshishiga erishiladi.
Ikkinchi uyg’otuvchi motiv shuki , kishilarga o’z g’alabalarini his etish yoqadi. Bu eng yaxshi harakatga keltiruvchi motivdir. Agar siz nimagadir intilsangiz, bu g’alaba va yutuq bo’la qo’lsin. Mening bir necha millioner do’stlarim bor. Ular hozir sutkasiga 10-12 soatlab ishlaydilar va millionlarini oshirib boradilar. Bu ularga pul kerakligi uchun emas. Bu ularga g’alaba shodligi , qonoqish hissi uchun kerak. Ular uchun pul rag’batlantiruvchi emas, ularda shundoq ham pul ko’p. Bu mast qiluvchi g’alaba nashidasi !
Ba’zida seminarlarimdan keyin kimdir oldimga kelib , “Jim Ron , agar million dollar pulim bo’lganida biror kun ishlamagan bo’lardim “, deydi.Shuning uchun ham Xudoim bunday kishilarni boy qilmaydi. Ular o’z niyatlariga yarasha jazo oladilar.
Uchunchi ulug’ ilhomlantiruvchi kuch – oila . Ayrim kishilar sevgan kishilari uchun o’zlari uchun hech qachon qilmaydigan ishlarni qiladilar. Kunlardan birida bir kishi ;”Janob Ron , men va oilam dunyoni aylanib sayohatga chiqmoqchimiz . Bunga yiliga chorak million dollar kerak bo’lar ekan”, deb qoldi. Ishonib bo’lmaydi. Nahot bu kishi oilasini shunchalik sevsa ?!
Muruvvat va saxovatli bo’lish, ya’ni kishining o’z boyligini kishilar bilan bo’lishish istagi – bu to’rtinchi motivatordir.
Endryu Karnegin degan ulug’ kishi vafot etganda uning yozuv stoli tortmasidan sarg’ayib ketgan xat topildi. Unda Karnegining 20 yoshida yozgan maqsadi bor edi; “Men umrimning birinchi yarmini pul to’plashga, ikkinchi yarmini esa ularni tarqatishga sarf qilaman”. Haqiqatdan u 450 million dollar (hozirda 4,5 milliard bo’lardi) topgan edi. Umrining oxirida pullarini tarqatishdan zavq olardi.
Baxt saytiga kirsangiz Deyl Karnegi bloki bor. Baxtli bo’lishni istasangiz shu blokda judayam qiziqarli muammolari, qanday baxtliroq bo’lish mumkin , degan jumboqlari bor.
Savollaringiz bolsa bemolol berin ,sizni qiziqtiradigan savollarga javob berishni harakat kilaman.


Download 199,5 Kb.
1   2   3   4




Download 199,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shunday ekan, agar siz o’z oilaviy hayotingiz baxtini saqlamoqchi bo’lsangiz, uchinchi qoidani yodda tuting :” Tanqid qilmang”

Download 199,5 Kb.