Bitiruvchi sinf o’quvchilarining oliy ta’limga qamrab olishi va ularning tahlili




Download 0,53 Mb.
bet3/4
Sana15.01.2024
Hajmi0,53 Mb.
#137581
1   2   3   4
Bog'liq
Bayonnomasi ¹
Малакавий амалиёт мавзулари 3 курс рус, India, 6-Mavzu Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Rej, Анкета-заявление на должность бортпроводника, O’zbekiston Respublikadagi hozirgi ekologik ahvol, 17427, algoritmlar va ularning murakkabligi, 95-2-34-Q 23, Entropiya va noaniqlik, Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va kla-fayllar.org, report (1), 212121, 1 - laboratoriya ish, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi M (1)
2. Bitiruvchi sinf o’quvchilarining oliy ta’limga qamrab olishi va ularning tahlili
3. Maktabda o’quvchilarning davomati hamda 1-chorak yakuni bo’yicha davomat tahlili to’g’risida
Yig’ilishni ota-onalar qo’mitasi raisi O.Ortiqova ochib berdi va kun tartibidagi mavzu bilan barchani tanishtirdi va kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so’zni Tuman XTB axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’limi boshlig’i U.Qulboshevga berdi. U.Qulboshev o’z so’zida elektron kundalikda ota-onalarning nazoratini kuchaytirish, “Kundalik family’ platformasi to’g’risida ma’lumotlar berdi. “Kundalik family” platformasining afzalliklari, qulayliklari haqida tushuntirib o’tdi. Bundan tashqari kundalikni harid qilish, ota-onalar tomonidan farzandlarini kunlik, oylik va choraklik baholarini nazorat qilib borish bo’yicha qisqacha ma’lumotlat berib o’tdi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan maktab direktori F.Qosimov so’zga chiqib, ota-onalarga barchamizga ma’lumki, Yoshlar xalqimizni, bizni asosiy tayanchimiz va suyanchimiz ekanligi, boshlab qo’ygan ishlarimizni ertangi davomchilari va egasidir. Zamonaviy bilim olgan, ilg’or kasb-hunarni, xorijiy tillarni puxta egallagan farzandlar nafaqat o’z oilasini balki mamlakatni ham boshqaradilar rivojlantiradilar, bu oddiy haqiqatdir. Shuning uchun ham bugungi maktab bitiruvchilarini Oliy ta’lim muassasalarida kelgusida o’qishlarini davom ettirishlariga e’tibor nafaqat ota-onalarni balki maktabni ham, Hukumatni ham, davlatni qiziqtiradigan masala bo’lib qolmoqda. Xalqimizda: “Maqsadi yo’q odam-maqsadi bor insonga xizmat qiladi” degan ibrat bor. Bizlar-bugungi maktab bitiruvchilarini ota-onalari, maktab o’qituvchilari barchamiz birikib yoshlarni bir maqsadni o’z oldilariga qo’yishlari va shu maqsadga erishishlari uchun harakatlanishlariga yordam berishimiz kerak ekanligi, Respublika bo’yicha 4 yil avval maktab bitiruvchilarini 9% OTM ga qamrab olingan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 28% ga yetkazilganligi, 2021-yilda maktabni 78 nafar yoshlarimiz bitirib chiqqan bo’lsa, ularning 11 nafari Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirdi. Lekin, bizning yoshlarimizning imkoniyatlari bundanda yuqori edi. Faqatgina bir narsa halaqit berdi. Bu-ularning o’tish ballari yuqori bo’lgan oliy o’quv yurtlarini tanlaganliklarida bo’ldi. Bu yerda bitiruvchi va uning ota-onasi noto’g’ri tanlov qilganligini ko’rishimiz mumkin. Albatta maktab ma’muriyati tomonidan bitiruvchilarga o’tish bali nisbatan pastroq oliy o’quv yurtlarini o’zining bilim darajasida tanlash bo’yicha tavsiyalar bermoqdalar, lekin, oxirgi qaror ko’pincha ularni ota-onalari tomonidan qabul qilinmoqda natijada, o’qishga to’liq imkoniyati bor bo’lgan yoshlarimiz bir yilga kuyib qolayotganligi haqida va 2022-yilda maktabni 59 nafar yoshlar bitirib chiqadilar, hurmatli ota-onalar farzandlaringizni kelgusida qaysi OTM larida o’qishni davom ettirishlari, undagi yo’nalishlar, o’tish ballari, shu OTM ni tamomlab kelganidan keyin tumanimizda ishlab keta oladimi, yo’qmi degan savollarga javob izlab ko’rishlarini, hozirda maktabimizda ingliz tili, o’zbek tili va adabiyoti, kimyo-biologiya, matematika, informatika, fizika fanlaridan qo’shimcha ta’lim ishlab turganligi va bu qo’shimcha ta’limda maktabning 11-sinf o’quvchilari bepul o’qitilishi to’g’risida vazifa qilinganligi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi va so’z yakunida ota-onalarga farzandlarini kelajagiga befarq bo’lmasliklari haqida yana bir bor tushuntirib o’tdi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Xursanova so’zga chiqib, Ota-onalarga Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 3-oktyabrdagi 246-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar davomatini yuritish tartibi to’g’risida”gi Yo’riqnoma bilan yana bir bor tanishtirdi. Maktabda o’quvchilar davomati hamda 1-chorak yakuni bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi. Ota-onalarga o’quvchining maktabga kelishidan maqsad faqatgina o’qish, izlanish va kelajagi uchun zamin yaratish ekanligini maktabda farzandlarini ta’lim tarbiya olishda ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, ota-onalar farzandlarini maktabga dars mashg’ulotlariga ishtirok etishini ta’minlash hamda maktab, sinf rahbarlar bilan hamkorlikni to’g’ri yo’lga qo’yish kerakligini va dars mashg’ulotlaridan farzandlarini besabab olib qolmasliklari, hozirgi kunda davomatni muvofiqlashtirish uchun har bir ota-onaning arizasi olinib davomat papkasiga tikilib borilmoqda. Har oyning yakunida bu jamlansa katta soatlarni tashkil qiladi. Dars mashg’ulotlari asosan 5-11 sinf o’quvchilari o’rtasida juda ko’p arzimagan sabablarga javob olish holatlari kuzatilmoqda. O’quvchilar dars mashg’ulotlariga ishtirok etmagan kunda uning sababi ko’rsatilishi lozim va 2-10 sinf o’quvchilarining ota-onalari maktab direktori nomiga, 11-sinf o’quvchilarining ota-onalari esa tuman XTB mudiri nomiga ariza yozishlari kerakligi hamda kasalligi sababli dars mashg’ulotlariga ishtirok eta olmagan o’quvchilar kasalligi to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishlari lozimligi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi. Yuqoridagilarni eshitib yig’ilish

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruvchi sinf o’quvchilarining oliy ta’limga qamrab olishi va ularning tahlili

Download 0,53 Mb.