JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–14_Issue-1_October_2022
114
Keyinchalik yaxshilab erigan qismi qurilmani ost qismiga o‘rnatilgan platina-rodiydan
yasalgan filtr orqali oqib chiqadi va tomchi hosil bo‘ladi. Filtrdagi teshiklar soni 200-
400gacha borib ularning diametri kichik bo‘ladi. Hosil bo‘lgan tomchilardan diametri 9
mkmga teng bo‘lgan tola tezligi 50 m/s teng bo‘lgan tezlikda cho‘ziladi. Cho‘zilgan
tola sirt yuzasini yog‘lash uchun surkov vositasi surtiladi va bobinalarga o‘raladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Bazal’t tola ishlab chiqarish yuzasidan katta xajmdagi ilmiy tadqiqot ishlari va
amaliy tajribalar asosan Rossiya davlatida eng oldingi o‘rinda turadi. Internetda
keltirilgan ma’lumotlarga asosan [3] Rossiya davlatida 150 dan ortiq bazal’t tolasi
ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat olib borib, bu karxonalar Ural, Kavkaz, Kareliya
Sibir va Altay regionlarida jamlangan. Bu karxonalarning asosiy hom ashyolari bazal’t,
gabbro-bazal’t, porfirit, diabaz, amfibiolit kabilardir. Bazal’t tolasi bir kompanentli
arzon va taqchil bo‘lmagan xom ashyo asosida bir bosqichli texnologik jarayonida
olinadi. Shu bois ularning tannarxi boshqa tur tolalaridan 15-20% ga arzonlashadi, 1 kg
bazal’t tolasi olinishi mumkin. Bazal’t tolasi olishga mo‘ljallangan qurilmalar va
texnologiyalar ekologik toza, ixcham, chiqindi hosil bo‘lmasligi bilan ajralib turadi.