|
Belgiya Qirolligi Tayyorladi: Abduqodirov Dilshodbek
|
bet | 1/4 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 16,24 Mb. | | #124387 |
Bog'liq Belgiya Tayyorladi: Abduqodirov Dilshodbek
Brusseldagi Belgiya Federal Parlamenti
Amaldagi konstitutsiyasi 1831-yilda qabul qilingan va o’sha paytdan beri bir necga bor (oxirgi marta 1993-yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i – qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi.
| Suv transport tizimi Belgiya muhim savdo va aloqa yo’llari chorrahasida joylashgan. Mamlakat temir yoʻl (3479 km) va avtomobil yoʻllari (14421 km) tarmog’ining zichligi jihatidan dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1,7 ming lokomotiv, 1,8 ming yoʻlovchi tashiydigan va 27,3 ming yuk vagoniga ega. 3,87 mln. yengil va 343 ming dona yuk avtomobili bor. Belgiya hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo — Maas va Lis oqib oʻtadi, ularning yarmida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 ta kema bor. Asosiy portlari: Antverpen (dunyoda toʻrtinchi, Yevropada ikkinchi oʻrinda turadi, yillik aylanmasi 95 mln. tonna), BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yoʻllarining uzunligi 1515 km. Ostende porti Bryussel Havo Yo'llari — Belgiyaning eng yirik aviakompaniyasi va milliy aviatashuvchisi. Brussels Airlines kompaniyasiga egalik qiluvchi SN Airholding kompaniyasining 45% ulushiga ega boʻlgan Lufthansa kompaniyasining shoʻba korxonasi. U Yevropaning 20 ta davlatida 62 ta yoʻnalishda ishlaydi, shuningdek, Sharqiy, Markaziy va Gʻarbiy Afrikaga parvozlarni amalga oshiradi. Bryussel Havo Yo’llari 70 dan koʻproq xalqaro aviayoʻnalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi „Zaventem“ aeroporti toʻrt qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan bogʻlangan.
|
| |