1 – BILET
1. O’zbekiston Respublikasi eksport va importining tovar tarkibi haqida gapiring.
Xaritadan O’zbekiston bilan tashqi savdoda hamkorlik olib borayotgan davlatlar
(Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, Koreya Respublikasi, Ukraina, Turkiya, Germaniya,
Yaponiya)ni ko’rsating.
2. Qashqadaryo viloyati sanoatining asosiy tarmoqlari va eng yirik korxonalari
haqida gapiring. Xaritadan viloyatning yoqilg’i sanoati va elektroenergetika
markazlarini ko’rsating.
3. Vagon derazasidan qarab kelayotgan yo’lovchi Qutb yulduzini dastlab
poyezdning old tomonida ko’rdi, biroz vaqtdan keyin Qutb yulduzi poyezdning o’ng
tomonidagi derazaning ro’parasida paydo bo’ldi. Poyezdning qaysi tomonga
burilganligini aniqlang.
2-BILET
1. O’zbekiston Respublikasi aholisining zichligi, joylashuvi va milliy tarkibi haqida
gapiring. O’zbekistondagi 5ta eng katta shaharlar (Toshkent, Samarqand,
Namangan, Andijon, Nukus)ni xaritadan ko’rsating.
2. Andijon viloyati sanoati va qishloq xo’jaligi haqida gapiring. Xaritadan
mashinasozlik korxonalari joylashgan shaharlar (Asaka, Andijon, Marhamat)ni
ko’rsating.
3. Samolyot Toshkentdan (IV-soat mintaqasi) Pekinga (IX-soat mintaqasi) qarab
Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da uchib ketdi. Samolyot manziliga 4 soatda yetib
borsa, ko’nganida Pekinda soat qancha bo’ladi?
|