13 – BILET
1. Mehnat resurslari tushunchasini izohlab bering. O’zbekiston Respublikasida
iqtisodiyotda band aholining xo’jalik tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi haqida aytib
bering.
2. Surxondaryo viloyatining qishloq xo’jaligi va sanoati haqida gapiring. Xaritadan
Termiz, Denov, Qumqo’rg’on, Sherobod va Boysun shaharlarini ko’rsating.
3. Agar tog’ etagida barometr 740 mm ni, tog’ tepasida esa 440 mm ni ko’rsatsa,
tog’ cho’qqisining nisbiy balandligini aniqlang.
14 – BILET
1. O’zbekiston Respublikasida dehqonchilikning qaysi tarmoqlari yaxshi
rivojlangan. Xaritadan sholi va poliz ekinlari eng ko’p yetishtiriladigan hududlarni
ko’rsating.
2. Jizzax viloyatining tabiiy resurslari, sanoati va qishloq xo’jaligi haqida gapiring.
Xaritadan Jizzax, G’allaorol, Do’stlik shaharlari va Zomin shaharchasini ko’rsating.
3. Koordinatalari 20osh.k., 40osh.u. bo’lgan nuqta xaritada qaysi raqam bilan
belgilangan?
|