15 – BILET
1. Quyidagi geografik atamalarning lug’aviy ma’nosini ayting: emigratsiya,
immigratsiya, shahar aglomeratsiyasi.
2. Namangan viloyati sanoati va qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlari haqida
gapiring. Xaritadan Namangan, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Uchqo’rgon shaharlarini
ko’rsating.
3. Mamlakatga ko’chib kelganlar soni 250 ming kishi, ketganlar soni esa 280 ming
kishiga teng. Migratsiya saldosini hisoblang.
16 – BILET
1. Quyidagi geografik atamalarning lug’aviy ma’nosini ayting: iqtisodiy rayon,
melioratsiya, kooperatsiya.
2. Mirzacho’l iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif bering. Xaritadan Jizzax, Guliston,
Shirin, Do’stlik, G’allaorol shaharlarini ko’rsating.
3. Toshkent shahri (IV-soat mintaqasi) da ertalab soat 8:30 bo’lganda, Tokio shahri
(X-soat mintaqasi) da soat necha bo’ladi?
|