21 – BILET
1. O’zbekiston kimyo sanoati qanday mahsulotlarni ishlab chiqaradi?
Respublikamizdagi yirik kimyo korxonalari joylashgan shaharlar (Olmaliq,
Chirchiq, Navoiy, Farg’ona, Qo’ng’irot)ni xaritadan ko’rsating.
2. Samarqand viloyati xo’jaligining ixtisoslashuvi haqida gapiring. Xaritadan
Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut shaharlarini ko’rsating.
3. Dunyo okeanidagi suvi eng sho’r dengiz Qizil dengiz hisoblanadi (42 g/l). Bu
dengizning 4 tonna suvidan qancha tuz olish mumkin?
22 – BILET
1. Quyidagi geografik atamalarning ma’nosini tushuntiring: aholining mexanik
o’sishi, shahar aglomeratsiyasi, magistral.
2. Navoiy viloyati sanoat va qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlarini ayting.
Viloyat tabiiy sharoiti va resurslari xo’jaligiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Xaritadan
viloyatdagi rangli metallurgiya va qurilish materisllari sanoati markazlarini
ko’rsating.
3. Shaharda 1 yil mobaynida tug’ilish 800 kishi, o’lim 300 kishi, ko’chib ketganlar
soni 1200 kishi, ko’chib kelganlar soni esa 600 kishini tashkil etgan bo’lsa, shahar
aholisi qanchaga o’zgarganini hisoblab chiqing.
|