• DASTURLASH TILLARI VA ULARNING AFZALLIKLARI. Reja
  • Kompyuterda dasturlash
  • Dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib otamiz
  • Dasturlash asoslari




    Download 55,94 Kb.
    bet1/13
    Sana17.02.2024
    Hajmi55,94 Kb.
    #158194
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Dasturlash tillari va ularning afzalliklari. Reja-fayllar.org


    Dasturlash tillari va ularning afzalliklari. Reja

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA


    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI


    1-2ATT22 GURUH TALABASINING “DASTURLASH ASOSLARI” FANIDAN
    MUSTAQIL ISHI
    Bajardi: Zikirova Fotima Murtazoyevna.
    Tekshirdi: Bobojonova Madina Ahadovna.
    BUXORO-2022


    DASTURLASH TILLARI VA ULARNING AFZALLIKLARI.
    Reja:
    Kirish
    1.Dasturlash tillari to'g'risida ma'lumotlar.
    2.Dasturlash tillarining imkoniyat va qulayliklari.
    3.C++ dasturlash tili.
    4.C# dasturlash tili.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
    KIRISH
    Ko’plab dasturlashga qiziqib qolgan odamlar biron dasturlash tilini tanlashda qiynalishadi. Qaysi dasturlash tili o’zlashtirish uchun oson va qaysi biri ko’proq imkoniyat va yaxshi qulayliklar beradi degan savollar qiynaydi.

    Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo'linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo'lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko'pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo'lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo`lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP.NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O`zbekistonda ko`pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko`pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko`pligi va API funksiyalari dasturda ko`rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o`zgaruvchilarni oldindan e'lon qilib qo`yish evaziga ishlatilmaydigan o`zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz:

    Oddiy ma'noda C ++ — bu murakkab, samarali dasturlashtirilgan umumiy tildir. 1979 yilda Bjarne Stroustrup tomonidan ishlab chiqilgan.


    Bugungi operatsion tizimlarning ko'pchiligi, tizim drayverlari, brauzerlar, dasturlar (programmalar) va o'yinlar C ++ tilidan o'zlarining asosiy tili sifatida foydalanadi. Bu C ++ ni bugungi kunda eng mashhur tillarning biriga aylantirib kelayapdi.

    Download 55,94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 55,94 Kb.