Глушаков С.В., Коваль А.В., Смирнов С.В. Язык программирования С++: Учебный курс.- Харьков: Фолио; М.: ООО «Издательство АСТ», 2001.-500с




Download 55,94 Kb.
bet13/13
Sana17.02.2024
Hajmi55,94 Kb.
#158194
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Dasturlash tillari va ularning afzalliklari. Reja-fayllar.org

1. Глушаков С.В., Коваль А.В., Смирнов С.В. Язык программирования С++: Учебный курс.- Харьков: Фолио; М.: ООО «Издательство АСТ», 2001.-500с.

2. Ш.Ф. Мадрахимов, С. М. Гайназаров С++ тилида программалаш асослари. Т. 2009.
3. www.Intuit.ru. Интернет-Университет информационных технологий. Москва.
4. Пильшиков В.Н. Упражнения по языку Паскаль-М.: МГУ, 1986.
5. Абрамов С.А.,Гнезделова Капустина Е.Н.и др. Задачи по программ-мированию. - М.: Наука, 1988.

C++ TILIDA BREAK VA CONTINUE


Reja:
1.Break operatori
2.Continue operatori
3.Mavzuga oid masalalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Takrorlash operatorlarining bajarilishida shunday holatlar yuzaga kelishi mumkinki, unda qaysidir qadamda, takrorlashni yakuniga yetkazmasdan takrorlashdan chiqish zarurati bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda takrorlashni «uzish» kerak bo‘lishi mumkin. Bunda break operatoridan foydalaniladi.
Break operatorini takrorlash operatori tanasining ixtiyoriy (zarur) joylariga qo‘yish orqali shu joylardan takrorlashdan chiqishni amalga oshirish mumkin. E’tibor beradigan bo’lsak switch-case operatorining tub mohiyatiga ham break operatorini qo’llash orqali erishilgan. Ichma – ich joylashgan takrorlash va switch operatorlarida break operatori faqat o‘zi joylashgan blokdan chiqish imkoniyatini beradi.
Quyidagi dasturda ikkita ichma-ich joylashgan takrorlash operatoridan foydalangan holda foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qandaydir sonni 3 va 7 sonlariga nisbatan qanday oraliqqa tushishi aniqlanadi .Tashqi takrorlashda ‘’son kiriting (0-to’xtash):_’’ so‘rovi beriladi va javob javob_son o‘zgaruvchisiga o‘qiladi. Agar son noldan farqli bo‘lsa, ichki takrorlash operatorida bu sonning qandaydir tushishi aniqlanib, shu haqida xabar beriladi va ichki operatoridan chiqiladi. Tashqi takrorlashdagi so‘rovga javob tariqasida 0 kiritilsa, dastur o‘z ishini tugatadi.
#include
int main(){
int javob_son=0;
do{
while (javob_son){
if (javob_son<3){
cout<<’’3 kichik !’’;
break;
}
if(3<=javob_son&& javob_son<=7){
cout<<’’3 va 7 oralig’da !’’;
break;
}
if (javob_son>7){
cout<<”7 dan katta !”;
break;
}
}
cout<<”\nSon kiriting (0-to’xtash):_”;
cin>>javob_son;
}
while(javob_son !=0)
return 0
}
Amaliyotda break operatoridan cheksiz takrorlashdan chiqishda foydalaniladi.
For (;;){ // 1-shart
if (…){

break ;
}
if (…)
{ // 2- shart

break;
}

}
Bu misolda cheksiz for takrorlashidan 1 yoki 2- shart bajarilganda chiqiladi,
Masala. Ishorasiz butun sonlar ketma-ketligi 0 qiymati bilan tugaydi. Bu yerda 0 ketma-ketlik hadi hisoblanmaydi. Ketma-ketlikni kamaymaydigan holda tartiblangan yoki yo‘qdigi aniqlansin.
#include int main(){
unsigned int Ai_1=0,Ai;
cout<<’’ sonlar ketma-ketligini kiriting’’
cout<<(0-tugash alomati):\n’’;
cin>>Ai; // ketma-ketlikning birinchi hadi
while(Ai){
Ai_1>Ai;
cin>>Ai; // navbatdagi had
if (Ai_1>Ai) break; }
if (Ai_1)
{ cout<<’’ketma-ketlik kamaymaydigan holda tartiblangan’’;
if(!Ai)cout<<’’emas!’’;
else cout<<’’!’’; } }
else cout<<’’ketma-ketlik bo’sh!’’;
return 0; }

Dastur ishga tushganda, boshida ketma-ketlikning birinchi hadi alohida o‘qib olinadi (Ai o‘zgaruvchisiga). Keyin Ai qiymati nolga teng bo’lmaguncha takrorlash operatori amal qiladi. Takrorlash tanasida Ai qiymati oldingi qiymat sifatida Ai_1 o‘zgaruvchisida eslab qolinadi va navbatdagi had Ai o‘zgaruvchisiga o‘qiladi. Agar oldingi had navbatdagi haddan katta bo‘lsa, break operatori yordamida takrorlash jarayoni uziladi va boshqaruv takrorlashdan keyingi shart operatoriga o‘tadi. Bu yerdagi shart operatorlari mazmuni quyidagicha agar Ai_1 noldan farqli bo‘lsa, ketma-ketlikning kamida bitta hadi kiritilgan bo’ladi (ketma-ketlik mavjud) va oxirgi kiritilgan had tekshiriladi. O’z navbatida agar Ai noldan farqli bo‘lsa, bu holat had1ar o’rtasida kamaymaslik sharti bajarilmaganligi sababli hadlarni kiritish jarayoni uzilganligini bildiradi va bu haqda xabar chop etiladi. Aks holda ketma-ketlikni kamaymaydigan holda tartiblangan bo’ladi.

Continue operatori xuddi break operatoridek takrorlash operatori tanasini bajarishni to‘xtatadi, lekin takrorlashdan chiqib ketmasdan keyingi qadamiga «sakrab» o‘tishini ta’minlaydi.
Continue operatorini qo‘llanishiga misol tariqasida 2 va 50 sonlar oralig‘idagi tub sonlarni topadigan dastur matnini keltiramiz.
#include
int main(){
bool bulinadi=false;
for (int i=2; i<50; i++){
for (int j=2; j
if (i%j) continue;
else {
bulinadi=true;
break; }
} // break bajarilganda boshqaruv o’tadigan joy
if (!bulinadi ) cout <
bulinadi=false; }
return 0; }

Keltirilgan dasturda qo‘yilgan masala ichma-ich joylashgan ikkita takrorlash operatorlari yordamida yechilgan. Birinchi takrorlash operatori 2 dan 50 gacha sonlarni hosil qilishga xizmat qiladi. Ichki takrorlash esa har bir hosil qilinayotgan sonni 2 sonidan toki shu sonning yarmigacha bo‘lgan sonlarga bo‘lib, qoldig‘ini tekshiradi, agar qoldiq 0 sonidan farqli bo‘lsa, navbatdagi songa bo‘lish davom etadi, aks holda bo‘linadi o‘zgaruvchisiga true qiymat berib, ichki takrorlash uziladi (son o‘zining yarmigacha bo‘lgan qandaydir songa bo‘linar ekan, demak u tub emas va keyingi sonlarga bo‘lib tekshirishga hojat yo‘q). Ichki takrorlashdan chiqqandan keyin bo‘linadi qiymati false bo‘lsa (bo`linadi), son tub bo’ladi va u chop qilinadi.

XULOSA
Demak, break va continue operatorlari takrorlash operatorlarining bajarilish paytida uning qaysidir qadamida, takrorlashni yakuniga yetkazmasdan takrorlashdan chiqish zarurati bo‘lishi mumkin. Boshqacha aytganda takrorlashni «uzish» kerak bo‘lishi mumkin bo’lgan paytlarda bu ikki operatordan foydalaniladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Абрамов С.А.,Гнезделова Капустина Е.Н.и др. Задачи по программ-мированию. - М.: Наука, 1988.
2. Вирт Н. Алгоритмы + структуры данных = программа.-М.:Мир,1985.-405с.
3. Информатика. Базовой курс. Учебник для Вузов., Санк-Петербург, 2001. под редакцией С.В.Симоновича.
4. Informatika va programmalsh.O’quv qo’llanma. Mualliflar: A.A.Xaldjigitov, Sh.F.Madraximov, U.E.Adamboev, O’zMU, 2005 yil, 145 bet.
5. O.Shukurov, F.Qorayev, E.Eshboyev, B.Shovaliyev “Programmalashdan masalalar to’plami”. Toshkent 2008,160 bet.
http://fayllar.org

Download 55,94 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 55,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Глушаков С.В., Коваль А.В., Смирнов С.В. Язык программирования С++: Учебный курс.- Харьков: Фолио; М.: ООО «Издательство АСТ», 2001.-500с

Download 55,94 Kb.