|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
bet | 5/13 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 55,94 Kb. | | #158194 |
Bog'liq Dasturlash tillari va ularning afzalliklari. Reja-fayllar.orgFOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Bjarne Stroustrup. The C++ Programming Language (3th Edition). Addison-Wesley, 1997.
2. D.S. Malik. C++ Programming: From Problem Analysis to Program Design. Fifth Edition. Course Technology, 2011.
3. Madraximov Sh.F., Gaynazarov S.M. C++ tilida dasturlash asoslari// Toshkent, O’zMU, 2009, 196 bet.
4. Madraximov Sh.F., Ikramov A.M., Babajanov M.R. C++ tilida programmalash bo’yicha masalalar to’plami.
5.O’quv qo’llanma // Toshkent, O’zbekiston Milliy Universiteti, “Universitet” nashriyoti, 2014. - 160 bet.
MA'LUMOTLAR TURLARI
Reja:
Kirish.
1. Fundamental ma’lumot turlari
2. Murakkab ma’lumot turlari.
3.C++ tilining tayanch turlari, ularning baytlardagi o‘lchamlari va qiymatlarining chegaralari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
void. Bu tur tugallanmaydigan (ya’ni, bu tur bilan obyekt, massiv va adres (reference, ссылка) lar e’lon qilinmaydi va aniqlanmaydi) ma’lumot turi hisoblanib hech qanday qiymat qabul qilmaydi. Lekin bu tur bilan ko’rsatgichlar e’lon qilinishi va aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari bu tur qiymat hosil qilmaydigan funksiyalarni e’lon qilish va aniqlashda foydalanilishi mumkin. Masalan, quyidagilar to’g’ri hisoblanadi:
void *Ptr; // istalgan turdagi obyekt uchun ko’rsatgich
void DoSomething() { } // funksiya
int *IntPtr = nullptr; // IntPtr ning qiymati 0
bool. Mantiqiy ma’lumotlar, o’zgaruvchilar turi.
Faqat true va false qiymatlarini qabul qiladi. Hajmi kompillyatorga bo’g’liq, lekin kamida xotiradan 1 bayt joy egallaydi.
Misol:
bool BoolningHajmiBirgaTeng = sizeof(bool) == 1;
char, signed char, unsigned char. Bular belgilar turlari bo’lib, uchchalasi alohida turlar hisoblanadi. Uchchalasi bir xil hajmga ega va 1 baytga teng. char asosan belgilar to’plami, satrlar hosil qilishda foydalaniladi. U kompillyatorga bog’liq ravishda signed char yoki unsigned char bilan aynan bir xil bo’ladi. Shuning uchun -128 dan 127 gacha yoki 0 dan 255 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. signed char kichik hajmli, ishorali butun sonlar talab qilinganda foydalanilishi mumkin va -128 dan 127 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. unsigned char kichik hajmli, ishorasiz butun sonlar talab qilinganda foydalanilishi mumkin va 0 dan 255 gacha bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi.
Misol:
char Harf = ‘A’;
char DT[] = “C++”;
const signed char N = -90;
unsigned char IP[4] = {192, 168, 1, 1};
int. Butun sonlarning asosiy (базовый) turi hisoblanadi. Uning hajmi kamida 2 baytga teng. Lekin 32/64 bit arxitekturali tizimlarda uning hajmi kamida 4 bayt. Bu tur o’zgartirgich (модификатор) lar bilan birga ishlatilishi mumkin. Quyidagi o’zgartirgichlar mavjud: signed, unsigned (ishorasini belgilaydi) va short, long, long long (hajmini belgilaydi). Demak,
|
| |