Ma’lumot bazasi modellari




Download 1,82 Mb.
bet1/20
Sana27.05.2024
Hajmi1,82 Mb.
#254618
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
4-maruza


SQLtili va SQL operatorlari
SQL tilining vazifalari. SQL tilida ma’lumot turlari va ular bilan ishlash. SQL tilining buyriqlarining tuzilishi va sintaksisi. Jadvallar yaratish. INSERT, UPDATE, DELETE buyriqlari. Murakkab savollar yaratish. Tasavurlar (View) yaratish.

SQL tili relyatsion algebra paydo bo`lgandan keyin paydo bo`ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. 1974 yil IBMda ishlovchi D.Chemberlen "Structured English Query Language" yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e`lon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL (Structured Query Language Strukturalashgan so`rovlar tili) deb atalgan. SQL qisqartmasi "es-kyu-el" deb talaffuz etadi.


Bu til dastlab IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko`pgina tijorat MBBT tarkibida qo`llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o`tishi bilan relyatsion MBBT larda ma`lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo`lib qoldi.
1980 yillarda MBBTlarining bir nechta variantlari mavjud bo`lgan va ularning har bir o`z so`rovlar tilidan foydalangan. Dasturiy maxsulotlarning bir MBBTdan boshqasiga o`tkazishda kelib chiqadigan muammolarni bartaraf qilish uchun yagona standart asosida ishlovchi til yaratish g`oyasi ilgari surilgan/
1986 yilda Amerika Milliy Standartlar Instituti (American National Standards Institute - ANSI) va Xalqaro Standartlash Tashkiloti (International Organization for Standardization - ISO) SQL-86 deb nomlanuvchi SQL standartini chop etdi. 1989 yilda SQL tilining birinchi ramiy standarti SQL-89 ANSI tomonidan qabul qilingan. Ko`pgina MBBTlar ushbu standartni qo`llab – quvvatlaydi. Biroq MB bilan bog`liq axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ba`zi talablarning paydo bo`lishi birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi.
1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL/92 yoki SQL2) qabul qilindi unda ham ba`zi kamchiliklar aniqlangan, biroq shunga qaramasdan SQL/89 ga nisbatan aniq va to`liqroq hisoblanadi. Hozirgi paytda ko`pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o`z maxsulotlarini SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o`zgartirdilar.
1999 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo`ldi. Agar SQL1 va SQL2 standartlari biri –biridan miqdor jihati bilan farq qilgan bo`lsa, SQL3 standarti sifat jihatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga murakkab strukturaga ega ma`lumotlar tipini ishlatish imkonini beradigan yangi ma`lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni ob`ektga mo`ljallanganlik darajasi yuqori hisoblanadi.
Standartning keying ko`rinishlari SQL:1999, SQL:2003, SQL:2006 va so`ngida SQL:2008 bo`lib hisoblanadi. Bu tilni yaratishdan asosiy maqsad oddiy prosedurali emas til yaratish orqali, programmalash ko`nikmalariga ega bo`lmagan foydalanuvchilar ham undan foydalanishini ta`minlash bo`lgan.




Download 1,82 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1,82 Mb.