|
Ma’lumot bazasi modellari
|
bet | 2/20 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #254618 |
Bog'liq 4-maruzaVersion
|
Short Name
|
Standard
|
Release Date
|
1986
|
SQL-86
|
ANSI X3.135-1986, ISO 9075:1987
|
1986-01-01
|
1989
|
SQL-89
|
ANSI X3.135-1989, ISO/IEC 9075:1989
|
1989-01-01
|
1992
|
SQL-92
|
ISO/IEC 9075:1992
|
1992-01-01
|
1999
|
SQL:1999
|
ISO/IEC 9075:1999
|
1999-12-16
|
2003
|
SQL:2003
|
ISO/IEC 9075:2003
|
2003-12-15
|
2006
|
SQL:2006
|
ISO/IEC 9075:2006
|
2006-06-01
|
2008
|
SQL:2008
|
ISO/IEC 9075:2008
|
2008-07-15
|
2011
|
SQL:2011
|
ISO/IEC 9075:2011
|
2011-12-15
|
2016
|
SQL:2016
|
ISO/IEC 9075:2016
|
2016-12-01
|
SQL tilini «so`rovlar tili» deb aytilgan bo`lsa ham, u MB so`rovidan ko`ra ko`proq ishlarni amalga oshirishi mumkin. Misol uchun, u ma`lumotlarning tuzilishini aniqlaydi, MBdagi ma`lumotlarni o`zgartiradi, xavfsizlik cheklashlarini o`rnatadi. SQL tilini to`la qonli an`anaviy dasturlash tillari tarkibiga kiritib bo`lmaydi. Chunki unda dastur bajarilishini boshqaruvchi va boshqa ko`pgina an`anaviy operatorlar yo`q. Unda faqat MBda saqlanayotgan ma`lumotlarga murojaat qiluvchi operatorlar mavjud. SQL tili o`rganish uchun juda oson, ya`ni:
bu noprosedura til. Shuning uchun unda ma`lumotni qanday olish emas, balki qanday ma`lumot olish kerakligi ko`rsatiladi. Boshqacha aytganda, SQL tili ma`lumotlarga murojaat usulini ko`rsatishni talab etmaydi. Boshqa zamonaviy tillar kabi SQL tili operatorlarning mustaqil formatiga ega. Ya`ni operatorlarni yozishda operatorlarni aloxida elementlari ekrandagi ma`lum o`rinlarda joylashishi bilan bog`liq emas.
buyruqlar ingliz tilining odatdagi so`zlaridan iborat kalit so`zlardan tashkil topgan, masalan, CREATE TABLE (jadval yaratish), INSERT (kiritish), SELECT (tanlash)
SQL operatorlari xizmatchi so`zlar va foydalanuvchi qo`llaydigan so`zlardan tashkil topadi. Xizmatchi so`zlar SQL tili doimiy qismi bo`lib, ular aniq qiymatga ega. Ularni standartda ko`rsatilganday yozish kerak va ularni bir satrdan ikkinchisiga ko`chirish uchun bo`linmaydi. Foydalanuvchi qo`llaydigan so`zlar foydalanuvchi tomonidan ma`lum sintaksis qoidalari asosida beriladi. Ular o`z navbatida MB ob`eklarining har xil nomlaridan iborat bo`ladi (jadval, ustun, tasvirlar, indekslar va x.k.). Operatorda so`zlar o`rnatilgan sintaksis qoidalariga moslab joylashtiriladi. Til standartida bu ko`rsatilmagan bo`lsa ham SQL tilining dialektlarida (ko`rinishida) matn tugallanganini bildiruvchi belgi (ko`pgina nuqtali vergul) ishlatiladi.
SQL operator komponentalarini ko`pchiligi reestrga bog`liq emas, ya`ni ixtiyoriy har qanday katta va kichik xarflar ishlatishi mumkin.
Bularda bitta istisno bor. Bu istisno simvolli literallarga tegishli. Ularda litera ma`lumotlar, ularga mos bo`lgan MBdagi qiymatlar qanday saqlansa shunday yozilishi kerak. Masalan, agar MBda familiyaning qiymati «SWITH» ko`rinishida bo`lsa, qidirish shartida «swith» simvol literal ko`rinishida berilsa, bunga tegishli yozuv xech kachon topilmaydi.
SQL tili erkin formatga ega bo`lgani uchun SQL alohida operatorlarni va ularning ketma-ketligini alohida ajratib va tekislab yozish mumkin hamda quyidagi qoidalarga bo`ysunish talab etiladi:
operatordagi har bir konstruktsiya yangi satrdan boshlanishi kerak;
har bir konstruktsiya boshlanishida tashlab ketladigan bo`sh pozitsiyalar, boshqa operator konstruktsiyalari bo`lishi kerak
agar konstruktsiya bir necha qismdan iborat bo`lsa, ularning har biri qism yangi satrlar bo`sh o`rinlar oldingi konstruktsiyaga nisbatan sijitib yoziladi.
SQL operatorlari vazifasiga ko`ra ular bir necha guruhlarga bo`lingan:
DDL (Data Definition Language) – ma`lumotlarni tavsiflash (yoki hosil qilish) operatorlari. Bu guruhga MBda ob`ektlar (jadval, sxema, indeks)ni yaratish, taxrirlash va o`chirishda ishlatiladigan operatorlar kiradi. ANSI bu guruhni SDL(Schema Definition Language) deb ataydi.
DML (Data Manipulation Language) – ma`lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi (qayta ishlovchi) operatorlari. Bunga faqat istalgan vaqtda jadval ichidagi ma`lumotlar bilan ishlash (jadvallarga ma`lumot kiritish, yangilash va o`chirish) operatorlari bilan chegaralanadi.
DCL (Data Control Language) – ma`lumotlarni boshqarish (murojaatlarni tavsiflash) operatorlar. ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi.
|
| |