|
Ma’lumot bazasi modellari
|
bet | 8/20 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,82 Mb. | | #254618 |
Bog'liq 4-maruza Asosiy sxema ta`rifi. SQLda jadvalni yaratishda CREATE TABLE buyrug`idan foydalaniladi. Create table buyrug`ining umumiy sodda ko`rinishi quyidagicha:
CREATE TABLE R
( ,
…..…,
,
,
……,
);
Bu yerda R - jadval nomi, har bir – jadvalni tashkil etuvchi ustunlar, ya`ni maydon nomi, – maydonning ma`lumot tipi. Ustun nomi bilan uning ma`lumot tipi o`rtasiga pobel qo`yiladi. Agar jadval maydonlari bir nechta bo`lsa, yangi ustun nomi oldiga vergul qo`yiladi. SQLda biror buyuruq nixoyasi nuqtali vergul bilan yakunlanadi. Create table buyruqidi bo`sh jadval yaratadi, ya`ni jadvalda satrlar bo`lmaydi.
Quyidagi buyruq MBda xodimlar nomli jadvalni yaratadi:
CREATE TABLE xodimlar
(fio varchar(20),
bulim varchar(15),
maoshi numeric(8,2),
primary key (fio));
Yuqorida yaratilgan jadvalda 3 ta maydon mavjud va ular quyidagilar:
fio - maksimal belgilar soni 20 ta bo`lgan belgili qator maydoni,
bulim - maksimal belgilar soni 15 ta bo`lgan belgili qator maydoni va
maoshi - umumiy xonalari soni 8 ta, ularning 2 tasi sonning butun qismini ifodalash uchun ketgan son bo`lgan butun qiymatli son maydoni.
Shu bilan birga create table buyrug`i ichiqda umumiylikni cheklash buyrug`i fio maydoni xodimlar jadvalida asosiy kalit maydon ekanligini ko`rsatyapti.
SQLda turli xildagi kalit maydonlardan mavjud. Jumladan:
primary key : primary key lar jadval uchun asosiy kalit so`z ekanligini bildiradi. Primary key maydon qiymatlari hech qachon null bo`lmasligini va takrorlanmas bo`lishi lozimligini ta`minlaydi.
foreign key references s: Bu kalit maydoni jadvaldagi har bir ma`lumotning maydonlarining qiymati s jadvalning ba`zi ma`lumot maydonlarining qiymatlari kalit maydonlarining qiymatiga mos kelishi kerakligini bildiradi. Bu kalit maydon jadvalni boshqa jadvallar bilan bog`lashda xizmat qiladi.
not null: ushbu kalit maydoni o`zi o`rnatilgan maydon qiymatining null qiymat olishi mumkin emasligini bildiradi.
SQL kalit maydonning mantiqiy tuzilishini buzuvchi har qanday yangilanishga yo`l qo`ymaydi. Misol uchun, jadvalning primary key maydoniga ma`lumot kiritish qismiga null qiymatli ma`lumot kiritilsa yoki mavjud ma`lumot null qiymati bilan o`zgartirilsa va yoki primary key maydonning ma`lumot kiritish qismiga kiritilgan qiymat shu jadvalning boshqa maydoniga kiritilgan qiymat bilan bir xil bo`lsa, SQL xatolik haqida ma`lumot chiqarib, yangilashni bekor qiladi. MBda yaratilgan yangi jadval bo`sh bo`ladi.
SQL MBdan jadvalni olib tashlash (o`chirish) uchun DROP TABLE buyrug`i ishlatiladi. DROP TABLE buyrug`i MBdan o`chirilayotgan jadvalning barcha ma`lumotlari bilan birga o`chirib tashlaydi.
|
| |