int: butun son (ushbu tip uzunligi masha tomonidan o`rnatiladi). To`liq ko`rinishi integer. smallint




Download 1,82 Mb.
bet6/20
Sana27.05.2024
Hajmi1,82 Mb.
#254618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
4-maruza

int: butun son (ushbu tip uzunligi masha tomonidan o`rnatiladi). To`liq ko`rinishi integer.

  • smallint: kichik o`lchamli butun son.

  • numeric(p, d): o`zgarmas nuqtali sonlarni berishda ishlatiladi. Bu yerda p – raqamlar (musbat ishorali) va d - o`ng tomondan sonning butun qismiga beriluvchi xonalar soni. Masalan numeric(3, 1) - 44.5; Bunda numeric(3, 1) ga 444.5 yoki 0.32 kabi sonlarni berib bo`lmaydi.

  • real, double precision: qo`zg`a`luvchi nuqtali va juft-achegarali qo`zg`aluvchan nuqtali sonlar. Chegaralari mashina tomonidan beriladi.

  • float(n): qo`g`aluvchan nuqtali juda kichik n xonali son.

    Har bir tip maxsus NULL deb nomlanuvchi qiymatni ham o`z ichiga olishi mumkin.SQLda atribut qiymatlari noma`lum bo`lgan o`tkazibi yuborilgan yoki mavjud bo`lmaganlarini NULL bilan yoziladi. NULL qiymat oddiy tushunchada qiymat qiymat hisoblanmaydi. U faqat atributni haqiqiy qiymati tushib qoldirilgan yoki noma`lumligini anglatadi. NULLni ishlatishda quyidagilarga e`tibor berish kerak:

    • Agregat funksiyalar ishlatilganda birorta atributni kiymatlar to`plami bo`yicha hisoblashlar bajarilganda aniqlikni ta`minlash maqsadida NULL qiymat hisobga olinmaydi.

    • shartli operatorlarda TRUE, FALSE dan tashqari UNKOWN paydo bo`lsa natija NULL qiymatda chiqadi.

    • bu qiymatni tekshirishda IS NULL yoki IS NOT NULL lar foydalaniladi.

    • almashtirish fukntsiyalari ham argument sifatida NULL bo`lsa natija NULL ga teng bo`ladi.

    Misol uchun A maydon char(10) tipidagi o`zgarmas uzunlikli qatorli maydon bo`lsin. Agar bu maydonga «Avi» qatori berilsa, 10 ta belgi qilish uchun yana 7 ta oraliq (probel) avtomatik kompyuter tomonidan qo`shiladi. Taqqoslanadigan bo`lsa, varchar(10) tipli B maydonga «Avi» qatori saqlansa, unda bu maydonga hech qanday oraliq (probel) qo`shilmaydi. Agar char tipidagi bu ikkala maydonni solishtiradigan bo`lsak, ularning uzunliklari bir xil bo`lishi uchun solishtirishdan oldin qo`shimcha probellar avtomatik qo`shiladi va keyin solishtiriladi.
    Char va varchar tiplarini solishtirish paytida esa, ularning uzunliklarini tenglashtirish uchun solishtirishdan oldin varchar tipidagi maydonga qo`shimcha probellar qo`shiladi. Lekin shunga qaramay, solishtirsh paytida bu amallarning bajarilishi ma`lumotlar ombori tizimiga bog`liq. Natija sifatida esa A va B maydonlarida bir xil «Avi» qatori saqlansa ham solishtirishda A=B false qiymatini qaytarishi mumkin. Shuning uchun ham yuqoridagi muammoni chetlab o`tish uchun char tipi o`rniga varchar tipidan foydalangan yaxshi.
    Bundan tashqari SQL da yana Unicode belgilaridan foydalangan holda turli xil tildagi ma`lumotlarni saqlovchi nvarchar tipi ham ishlatiladi. Ammo, ko`pgina MBlarda Unicode (UTF-8 ko`rinishidagi) belgilarini varchar tipida saqlash imkoniyatiga ega.

    Download 1,82 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 1,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    int: butun son (ushbu tip uzunligi masha tomonidan o`rnatiladi). To`liq ko`rinishi integer. smallint

    Download 1,82 Mb.