• 2. Siz kompyuterning ichki arxitekturasini organasiz.
  • C ++ ish orinlari va ish haqi
  • C ++ da kodlashni boshlashdan oldin bilishingiz kerak bolgan 2 narsalar.
  • 1. Bir kunda C ++ organilmaydi.
  • Dasturlash asoslari




    Download 55,94 Kb.
    bet3/13
    Sana17.02.2024
    Hajmi55,94 Kb.
    #158194
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Dasturlash tillari va ularning afzalliklari. Reja-fayllar.org

    1. C ++ tengi yo’qdir.
    Zamonaviy o'yinlar, operatsion tizimlar, brauzerlar va boshqa ko'p narsalarni ishlab chiqishda C ++ dan foydalanilgani uchun, aytish mumkinki C ++ tengi yo’qdir.
    Ko'plab yirik dasturlar C++dan foydalangan holda qurilgan, bularga namuna sifatida quyidagilarni aytsa bo’ladi:
    Photoshop, Illustrator, InDesign kabi Adobe mahsulotlari.
    Amazon eng katta elektron-tijorat saytlaridan biri.
    Kompyuterga asoslangan dizaynlashtirilgan uchun Autodesk mahsulotlari.
    Facebook — ijtimoiy tarmoq sayti C ++ mahsulotlariga asoslangan.
    Hozirda ko’plab jamoa C++dan foydalanayotganligi sababli, kelajakda undan ham ko'proq foydalanilishi mumkinligini ko’rsatadi.
    2. Siz kompyuterning ichki arxitekturasini o'rganasiz.
    C ++ — o'rta darajadagi til bo'lgani uchun, siz kompyuterning ichki qurilmasi bilan bevosita muloqot qiluvchi kod yozasiz.
    Siz kompyuter xotirasidan qanday ishlashini, unda ma’lumotlar qanday to’planishini bilib olasiz.
    Bunda, sizning bilimlaringiz kompyuter arxitekturasi bo'yicha kengayishiga shubha yo'q.
    C ++ ish o'rinlari va ish haqi
    C ++ ishlab chiqaruvchilari yiliga o'rtacha 100,000 AQSh dollari miqdorida ish haqini kutishlari mumkin va har oy 7,7 mingdan ortiq ish o'rni e'lon qilinadi. Bu ma’lumot dunyoning rivojlangan mamlakatlariga to’g’ri keladi. O’zbekitonda qancha tashkil etishini bilmayman, lekin ehtiyoj borligini bilaman...
    Ishlar talabi ko'pincha o'yinlarni ishlab chiqish, va oyna dasturlarini ishlab chiqarishdan iborat.
    C ++ da kodlashni boshlashdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan 2 narsalar.
    Endi siz C ++ ning nima ekanligini va qanchalik keng doirasi borligini qisman bilasiz, uni boshlash vaqti keldi.
    Ammo, siz boshlamasdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan bir nechta muhim narsalar bor.
    Quyida bilishingiz kerak bo'lgan eng muhim 4 narsa.
    1. Bir kunda C ++ o'rganilmaydi.
    Har qanday tilni o'rganish vaqtni oladi va C ++ uchun ham shu haqiqat saqlanadi.
    Agar bir kunda C ++ ni o'rganish umidida bo’lsangiz, unda siz muvaffaqiyatsizlikka duch kelasiz.
    Rostini aytadigan bo'lsak, C ++ tilini o'rganish uchun aniq vaqt yo'q, va kimdir bir necha kunda o’rganganini aytgan bo’lsa, u aldayapti.
    Siz faqat muntazam amaliyot bilan o'rganishni boshlaysiz. Shunday qilib, qimmatli vaqtingizni sarflashingiz kerak bo’ladi.

    Download 55,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 55,94 Kb.