5 – BILET
1. Yoqilg’i sanoati haqida gapiring. Xaritadan neft hamda gazni qayta ishlash
zavodlari joylashgan shahar va shaharchalar (Qorovulbozor, Farg’ona, Oltiariq,
Muborak)ni ko’rsating.
2. O’zbekiston Respublikasi qaysi iqtisodiy rayonlariga bo’linadi? Ularning hududiy
tarkibi haqida gapiring va ularni xaritadan ko’rsating.
3. Navoiy shahrida yillik yog’in miqdori 240 mm ga, mumkin bo’lgan bug’lanish
miqdori esa 1200 mm ga teng bo’lsa, namlik koeffisentini aniqlang.
6 – BILET
1. Quyidagi geografik atamalarning mazmunini ayting: migratsiya, urbanizatsiya,
aholining tabiiy o’sishi
2. Farg’ona viloyati sanoatining asosiy tarmoqlari qaysilar? Xaritada Farg’ona,
Qo’qon, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari, Oltiariq shaharchasini ko’rsating. Ularda
sanoatning qanday tarmoqlari rivojlanganini ayting.
3. Samarqand iqtisodiy rayonida respublika aholisining 11 % yashaydi. Bu
rayonga respublikada yig’iladigan mevalarning 13,5 % i to’g’ri keladi. Ushbu
mahsulot rayonning ixtisoslashgan tarmog’i bo’la oladimi? Javobingizni asoslab
bering.
|