|
Berdaq nomidagi qdu ning Fizika fakulteti Elektr Energetika yo’nalishi 4b-kurs talabasi Sultanov Shohruxning Noan’anaviy elektr stansiyasi fanidan mustaqil ishi
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #232768 |
Bog'liq Shohrux energotarmoqda quyosh elektr stansiyasining ishlashi Berdaq nomidagi QDU ning Fizika fakulteti Elektr Energetika yo’nalishi 4b-kurs talabasi Sultanov Shohruxning Noan’anaviy elektr stansiyasi fanidan mustaqil ishi - Quyosh energetikasining rivojlanishi
- Quyosh energiyasidan foydalanish usullari
- Quyosh energetikasining afzallik va kamchiliklari
Reja:
Mavzu: Energotarmoqda quyosh elektr stansiyasining ishlashi
- Quyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr Quyosh energetika qurilmasiq. bor. Issiqlik Quyosh energetika qurilmasiq.da issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasiq. energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (qarang Quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli Quyosh energetika qurilmasiq. boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) Quyosh energetika qurilmasiq. koʻpincha Quyosh energetika st-yasi (quyosh elektr st-yasi) deb ataladi.
- Quyi temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da tabiiy zichligi — -0,8 kVt/m2quyosh radiatsiyasidan foydalaniladi. Mas, bunday Quyosh energetika qurilmasiq. yordamida olinadigan 60—70° li issiq suv binolarni isitishda, past temperaturada qaynaydigan suyuqliklar (fre-on, xlor, etil va boshqalar) ning bugʻi maxsus turbinalarni harakatlantirishda va sovitkich mashinalarida qoʻllaniladi.
- Yuqori temperaturali Quyosh energetika qurilmasiq.da quyosh radiatsiyasi zichligi tabiiy zichlikka nisbatan 102—104marta kattalashtirilib, bir joyga toʻplanadi (fokuslanadi); buning uchun bir yoki bir necha koʻzgu yoxud linzalar toʻplamidan foydalaniladi (qarang Geliokonsentrator).
- Quyosh energetika qurilmasiq. yerda va kosmosda qoʻllaniladi. Yerdagi Quyosh energetika qurilmasiq. tannarxining yuqoriligi va iqlim sharoitlarining chegaralanganligi tufayli kamroq ishlatiladi. Kosmik Quyosh energetika qurilmasiq.dan yer sunʼiy yoʻddoshlari va boshqa kosmik apparatlarini mus-taqil energiya bilan taʼminlashda foydalaniladi (yana q. Gelioqurilma).
Quyosh har sekundda o’rtacha 88•10^(24) kaloriya issiqlik yoki 368•10^(12) TVt energiya chiqaradi. Ammo bu energiyaning 2•10^(-6) %i ya’ni 180•10^(6) TVt miqdorigina yer yuzasiga yetib keladi. Shu miqdor ham yer yuzidagi barcha doimiy energiya ishlab chiqaruvchi qurilmalarning energiyasidan taxminan 5000 barobar ko’pdir. Quyosh energiyasidan foydalanishni hisoblashda asosan, quyosh nurining 1m² maydonga berayotgan energiya miqdori hisobga olinadi. Koinotning atmosfera qatlamidan yuqori qismiga tushayotgan quyosh radiatsiyasining energiyasi 1,395 KVt/m² ni tashkil etadi va bu miqdor quyosh doimiysi deb ataladi.
Oʻzbekiston oʻz oldiga 2030-yilgacha elektr energiya ishlab chiqarilishining umumiy hajmida QEM ulushini (qayta tiklanuvchi energiya manbalarini) 25 foizga oshirish maqsadini qoʻymoqda. Hozirgi paytda ushbu koʻrsatkich 10 foizni tashkil etadi. Bunday natijalarga erishish uchun Energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energetikada yirik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha faol choralar koʻrilyapti.
10 yil davomida umumiy quvvati 5000 MVt ga teng quyosh elektr stansiyalarini va umumiy quvvati 3000 MVtga teng shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda bugungi kunda Energetika vazirligi tomonidan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida toʻgʻridan- toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarni tanlab olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2021-yilning oxirigacha Oʻzbekistonda har birining quvvati 100 MVt ga teng ikki fotoelektr (quyoshli) stansiyalarini foydalanishga topshirish moʻljallanmoqda.
Quyosh nurlari har yili yerga bagʻoyat ulkan energiyaya'ni 62-1016 kvt soatga teng energiya olib keladi. Bu energiyaning 60 foizi yer atmosferasi, 25,5 foizi okean va dengiz, 14,5 foizi quruqlikni isitishga sarf boʻladi. Bundan 2,5 foizi shamolning mexanik energiyasiga, 0,14 foizi daryolar harakatining mexanik energiyasiga, 0,12 foizi turli xil yoqilg'i oʻtin, torf, toshko'mir, neft va yonuvchi slanetsning kimyoviy energiyasiga aylanadi. Yerning ko'ndalang qismi yuzasi 127,6-106 km² ekanligini e'tiborga olsak, yerga tushadigan quyosh nurining energiyasi 176,6-1012 kVt, demak 1,56-10¹8 kVt soat 1,6-101 kVt soat quyosh energiyasi tushadi.
Uylarda quyosh panelllardan foydalanish
Quyosh energiyasidan foydalanish
Parabolik stansiya
Minorali quyosh elektr stansiyasi
Minorali quyosh elektr stansiyalari ishlash prinsipi IES ga o’xshash, farqi minorali tipda energiya manbayi quyosh hisoblanadi. Minora tepasida suv to’ldirilgan rezervuar joylashgan. Minora atrofida quyosh nurini rezervuarga uzatuvchi nur qaytargich oynalar joylashgan. Rezervuar quyosh nurini yaxshi yutishi uchun qora rangga bo’yaladi. Minora balandligi 15 metrdan yuqori bo’ladi. Hozirgi kundagi eng baland minora 140 m ga teng. Minorali quyosh elektr stansiyalari ishlash prinsipi quyidagicha, nur qaytargich oynalardan nur rezervuarga yo’naltiriladi, rezervuarda suv temperaturasi 700⁰C gacha qizdirilib davomi IES prinsipi bo’yicha davom etadi. Bu stansiyaning FIKi 20% ni tashkil etadi.
Quyosh elektr stansiyalarining bu turi ulkan yo’ldosh antennasi ko’rinishiga ega. Ichki qismiga qaytaruvchi oynalar o’rnatilgan. Oynalarning parabolik shakli shunday tuzilganki, barcha oynalardan qaytgan quyosh nurlari markazga to’planib, suyuqlik to’ldirilgan idishga yo’naltiriladi. Suyuqlik qizib bug’ga aylanadi va o’z navbatida bu bug’ uncha katta bo’lmagan generatorlar uchun harakatlantiruvchi kuch bo’ladi.
Dunyoda ikkita katta quyosh pechi mavjud. Biri O’zbekistonda va ikkinchisi Fransiyada. O’zbekistondagi quyosh pechining quvvati 700 KVt ni, Fransiyadagi esa 1 MVt ni tashkil etadi. Katta quyosh pechi- bu geliostat maydoni va paraboloid konsentratordan iborat bo’lgan avtomatik boshqaruv tizimiga ega murakkab optik-mexanik kompleks bo’lib, konsentratsiyaning fokusli zonasida statsionar yuqori zichlikdagi energiya oqimini tashkil qiladi. Geliostat maydonining aks ettiruvchi yuzasi 3020 m² ni, konsentrator-1840 m² ni tashkil etadi. Konsentrator nurlari markazidagi harorat 3000⁰C ni tashkil etadi.Bu majmua Toshkent shahridan 45 km uzoqlikda Parkent tumanida Tyan-Shan tog’ etaklarida dengiz sathidan 1100 m balandlikda joylashgan. Bu quyosh pechi 1981-1987-yillarda qurilgan. Qurilish uchun joy ehtiyotkorlik bilan tanlangan; birinchidan, butun majmua bitta tosh massasida joylashgan, bu juda muhim, chunki bu majmua seysmik xavfli hududda joylashgan; ikkinchidan, yiliga quyoshli kunlar kamida 270 tani tashkil qiladi.
Quyosh energetikasining afzallik va kamchiliklari. Afzalliklari: 1) ekologik toza, atrof-muhitni ifloslantirmaydi; 2) quyosh energetikasi uchun ishlatiladigan fotoelementlar yer yuzida yetarlicha ko’p; 3) energiya manbayi cheklanmagan va o’zi tiklanadi. Kamchiliklari: 1)ob-havo va sutka vaqtlarining ishlab chiqarishga ta’siri; 2)energiyani saqlab turish uchun energiyani akkumulyatorlarda saqlash zarur; 3)quyosh elektrostansiyasi tepasida havoning birmuncha isishi; 4)fotoelementlar yuzasining ifloslanishlardan muntazam tozalab turish zaruriyati, bu esa fotoelementlar o’rnatilgan katta maydonlarda muammo tug’diradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Berdaq nomidagi qdu ning Fizika fakulteti Elektr Energetika yo’nalishi 4b-kurs talabasi Sultanov Shohruxning Noan’anaviy elektr stansiyasi fanidan mustaqil ishi
|