|
O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish
|
bet | 2/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #232768 |
Bog'liq Shohrux energotarmoqda quyosh elektr stansiyasining ishlashiO’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish - Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berilgan. Xususan, 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab mamlakatda davlat budjeti hisobidan jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalari uchun (3 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), quyosh suv isitkichlari uchun (1,5 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan), shuningdek, energiya tejamkor gaz-gorelkali qurilmalar uchun esa (200 ming so‘mdan ortiq bo‘lmagan) sotib olish qiymatining uchdan bir qismi qoplanishini nazarda tutuvchi tartib joriy qilinishi belgilangan.
Xulosa Quyosh energiyasi tiklanadigan va tugamaydigan resurslar safiga kiradi. Shunday ekan bu energiyadan samarali foydalanish usullarini topish lozim. Quyosh energiyasi bizga ham elektr energiyasi ham issiqlik energiyasi beruvchi resursdir. Biz quyoshdan mana shu ikki xil energiyani olish uchun ham ishlatishimiz mumkin. Hozirda xalq orasida quyosh kollektori va quyosh panellarini o’rnatish keng tarqalmoqda. Bu albatta judayam samarali usul hisoblanadi. Chunki aholi o’zini o’zi elektr energiyasi bilan ta’minlashi va ortiqcha energiyani sotishi ham mumkin. Shunday ekan quyosh energiyasidan foydalanishni keng targ’ib qilish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: - T. Majidov “Noan’anaviy energiya manbalari”.
- Badalov A.S. “Noan’anaviy elektr stansiyalari”.
- www.arxiv.uz
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |