O’quv eksperimentining turlari va vazifalari




Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana10.12.2023
Hajmi345,17 Kb.
#114916
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAXSUDOVA FAZILAT PDF
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish
O’quv eksperimentining turlari va vazifalari 
Fizikadan o’quv eksperimenti - bu fzik hodisalarni darsda maxsus asboblar 
yordamida uni o’rganish uchun qulay sharoitda ko’rsatishdir. Shuning uchun, ham 
u bir vaqtning o’zida bilimlar manbai o’qitish metodi va korgazmaliylik turi bo’lib 
xizmat qiladi. 
Maktab fizika eksperimenti ikkita asosiy ko’rishiga bo’linadi: demonstration 
eksperiment va laboratoriya eksperementi. 
Eksperimentning bu ikki ko’rinishi bir-birini to’ldiradi. 
Demonstration eksperimentni o’qtiuvchi bajaradi va bir vaqtning o’zida 
butun sinf o’quvchlari tamonidan kuzatiladi. 
To’g’ri tashkil qilingan o’quv eksperimenti shaxsda qo’yilgan maqsadlarga 
intilishdagi sobidligni, aniq ma’lumotlar olishda puxtalikni, ishdagi aniqligni, 
qaralayotgan hodisalarning asosiy sifatlarini va boshqalarni kuzatish hamda ajratib 
olish malakasini tarbiyalashda amaliy vosita bo’lib hizmat qiladi. 
Tajriba va kuzatishlarni tushuntirish o’qtuvchilarni eksperimental 
metodining mohiyati, uning fizikadan ilmiy tadqiqotlardagi roli bilan tanishtirish
shuningdek, o’qituvchilarni bazi bir ko’nikmalar bilan qurolantirish uchun katta 
ahamiyat kasb etadi. Fizik eksperiment asosida hodisalarni o’rganish 
o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakinlashtirishga, fizik qonunlarini yanada 
chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi, o’quvchilarning fanni o’rganishga bo’lgan 
qiziqishlarini orttiradi. 
Demonstration 
eksperiment 
hodisa 
va 
qonunlarni 
o’rganishda 
o’quvchilarning fikirlashiga o’quvchi faol raxbarlik qilishi talab qilingan hollarda 
zarur bo’ladi. 
Tajribani demonstratiya qilish maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib uning, 
davomida o’qituvchi o’quvchilarning his-tuyg’larini boshqaradi va ularda ma’lum 
tasavvur va tushunchalarni shakillantiradi. Demonstration tajribaning o’qituvchi 
nutqi bilan qo’shilishi – fizik tushunchilarni muvaffaqiyatli shakllantirishning 
muhim shartlaridan biridir. O’rta umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb- 
hunar kollejlari dasturlarida har bir mavzu bo’yicha demonstration tajribalar 


11 
minimumi ko’rsatilgan. Bu tajribalar laboratoriya ishlari bilan birgalikda fizik 
ta’limning eksperimental asosi bo’lib hizmat qiladi. 
Demonstration eksperiment o’tkazishda quydagilarga asoslanish mumkin: u 
yoki bu hodisani kuzatish, ilgari surilgan g’oyani tekshirish, fizik qonuniyatlarini 
aniqlash va ulardan kelib chiqadigan natijalarni tekshirish. muhum fizik 
tushunchlarni shakllantiradigan, qonuniyatlarning, fizik g’oya va farazlarning 
mohiyatini ochib beradigan natijalar alohida o’rin egallashi kerak. Masalan, Erested, 
Faradey va boshqalarning klassik tajribalari shular jumlasidandir. 
Demonstration tajribada eksperimental qurilmalarni tanlash va eksprementni 
o’tkazish bu o’qituvchining ishi, o’quvchilar esa eksprement natijalarni qayt 
qiluvchi va qayta ishlovchi kuzatuvchilardir [3]. 
Kuzatish – o’quvchilar faoliyatining faol shaklidir. U vazifaning kuzatish 
metodikasini aniq tushuntirishni, kuzatish natijalarini u yoki bu nazariya yordamida 
tushuntiriladigan rasm, jadval, gravik, ta’rif shaklida qayd etishni talab qiladi. 
O’quvchilar ko’pincha uzoqdan kuzatishlari, o’zlari asboblar bilan 
ishlamasliklari eksperimentlarning bu turining zaif tamoni hisoblanadi, shuning 
uchun eksperementni qo’yishda o’quvchilar amaliy ko’nikmalarni egallamaydi.
Aytish mumkinki, amaliy ko’nikmalarni shakllantirish uchun o’quvchilarning 
mustaqil eksperimentiga ajratiladigan vaqt asosiy omil bo’lib hisoblanadi. O’rta 
umumta’lim maktab va kasb-hunar kollejlari dasturida laboratoriya ishlari soatlari 
fanga ajratilgan soatning taxminan 15 foizini tashkil qilsa, akademik litseylar 
dasturida umumiy soatning taxminan 40 foizini labratoriya ishlariga ajratiladi. 
Asboblar bilan ishlash, qurilmalarni yig’ish, asbob ko’rsatishlarini qayd qilish 
ko’nikmalarni singdirish usuli bo’lib laboratoriya ishlari xizmat qiladi. Laboratoriya 
ishlarining turlaridan biri bo’lgan frontal laboratoriya ishlarini ikki kishi yoki shaxs 
bajaradi. Bunda hamma eksperimentatorlar dars mavzusiga bog’liq bo’lgan bir xil 
tajribaga bajaradi. 
Fizika praktikum laboratoriya ishlari kursining u yoki bu qismi o’rganib 
bo’lingandan so’ng o’tkaziladi, buning uchun alohida ishlar tanlab olinadi. 
Praktikumda o’quvchilar avval olingan vazifalarni ikki kishi bo’lib to’liq mustaqil 


12 
bajaradi, bunda ular maxsus qo’llamalardan foydalanadilar. Praktikum ishlari 
nisbatan murakkabroq, ular uchun asbob uskunalar va qurilmalar bazi hollarda 
texnikaviy bo’lib, ilmiy laboratoriyalarda va ishlab chiqarishda qo’llaniladi. 
Sinifdan tashqari va uyda bajariladigan tajribalar uyda yoki maktab laboratoriyasida 
yakka holda yoki jamo bo’lib qo’yiladi. Eksperimentning bu turi ko’pincha izlanish, 
maktabni moddiy texnik jihatdan ta’minlash uchun zarur bo’lgan eksperimentlar 
qurilmalarni loyihalashtirish xususiyatiga ega bo’ladi [4]. 


13 

Download 345,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv eksperimentining turlari va vazifalari

Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish