Muammoli ta’lim texnologiyalari




Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana10.12.2023
Hajmi345,17 Kb.
#114916
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAXSUDOVA FAZILAT PDF
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish
Muammoli ta’lim texnologiyalari 
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish 
uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va 
mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki 
o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.
Muammoli ta’lim texnologiyalari – o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jada
llashtirishga asoslangan [4]. 
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonni fikrlashi muammoli vazi
yatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va
yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarn
ing ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Mua
mmoli vaziyat yaratish usullari: 
- O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiris
h va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish; 
- Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish; 
- Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki 
savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish. 
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: 
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi; 
- O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda 
topadi; 
- O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar. 
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar: 
- Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish; 
- Solishtirish, umumlashtirish; 
- Dalillarni aniqlash va qo’llash; 
- Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish; 
- O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar. 
Muammoli ta’lim bosqichlari:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish.



2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni 
tizimlashtirish orqali). 
Muammoni hal etish bosqichlari: 
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan 
bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi. 
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil 
bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi 
sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi 
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 
yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida 
bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy 
etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan 
bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya 
yotadi [5]. 
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va 
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan 
ishlab chiqilgan [9]. 
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega. 
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish. 
2. Muammoning qo’yilishi. 
3. Muammoning yechimini topish. 
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish 
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. 
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga 
(muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi [4]. 
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga 
keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida 
nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy 



faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda 
tutadi. 
Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga 
tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi. 
Bunda: 
• nostandart masalalarni tuzish bo’yicha; 
• shakllantirilmagan savol bilan; 
• ortiqcha ma’lumotlar bilan; 
• o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; 
• yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; 
• olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; 
• hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash; 
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. 
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, 
yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan 
yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi 
zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan 
iboratdir [2]. 
Ta’lim metodlarining turini aniqlash oquv jarayonini tashkil qilish 
prinsiplarini ozigagina emas, balki aqliy faoliyat xarakteriga ham bogliqdir, bu esa 
oz navbatida fikrlashning reproduktiv va produktiv turlarini ozaro qoshib olib borish 
bilan belgilanadi. Izohli-illyustrativ ta’lim jarayonida barcha bilimlar, konikmalar 
va malakalar ozlashtirishning reproduktiv metodi asosida amalga oshiriladi, ya’ni 
oquvchilar fanning tayyor natijalarini, tayyor faoliyat usullarini ozlashtiradilar, bu 
esa ularda xotira va reproduktiv fikrlash malakalarini shakllantiradi. Faqatgina 
produktiv ijodiy fikrlash malakalari organilgan nazariy mavzu materialiga bogliq 
bolgan masala yoki misollarni yechish davomida egallanadi, xolos. Biroq 
reproduktiv fikrlash natijasida toplangan ma’lum hajmdagi bilim va malakalar 
oquvchilarning mustaqil bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli 



bolmaydi. Shuning uchun ham ta’limni jadallashtirish goyasini turli yonalishlari 
turli olimlar (M.A.Bankov, M.A.Danilov, M.Maxmutov, Yu.K.Babanskiy va 
boshqalar) tomonidan eksperiment qilinib korildi va nazariy jihatidan isbotlandi. 
Muammoli vaziyat - bu oquvchilarni organilayotgan mavzu materialidagi 
dalil va tushunchalarning qanday hosil bolishini bilmaslikdan ham ana shu mavzu 
materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va 
teoremalarni organilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida vujudga 
keladigan intellektual qiynalishdir. 
Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash oquvchilarning tez 
fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida 
oquv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy goyasini belgilab beradi. 
Muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi oquvchilarga tayyor holda 
berilmaydi, balki oquvchilar tomonidan muammoli vaziyatlarni mustaqil xal qila 
bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi [8]. 


10 

Download 345,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish