Kirish  Fizikani o’qitishda metodik yondashuv




Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana10.12.2023
Hajmi345,17 Kb.
#114916
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAXSUDOVA FAZILAT PDF
ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari va uni bartaraf etish
Kirish 
Fizikani o’qitishda metodik yondashuv 

 Yangi asrda biz sifat jihatidan tamomila yangilangan jamiyatga, chuqur 
integratsiyalashgan iqsodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga 
kirgan holda kelajak sari shahdam qadamlar bilan bormoqdamiz. Bu anchagina 
tayyorgarlikni, bilimini , saviyani, iqtidorni talab qiladi. Bosayotgan qadamlarimiz 
qat’iyatli, ishonchli, zafarli bo’lishi uchun esa zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida 
ishlay oladigan, yetuk bilimdon, yuqori malakali kadrlar zarurdir. 
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Hamma o’z tarixini 
ulug’laydi. Lekin bizning mamlakatimizdek buyuk allomalar hech qayirda yo’q. Bu 
merosni chuqur o’rganishimiz, xalqimiz haqida to’la tasavvurga ega bo’lishi, katta 
ma’naviyat olib ketishi zarur. O’sha davrda ulug’ ajdodlarimiz asos solgan va 
olamga dong taratgan ilmiy maktablarni zamonaviy shaklda qayta tiklashimiz lozim. 
Bunga esa ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish orqali erishish mumkin. 
Mavzuning dolzarbligi: Fizika tabiat hodisalarni tajriba yo’li bilan o’rganadigan 
eksprimentlar fandir. Hozirgi kunda namoyish tajribalaridan muammoli 
vaziyatlarida foydalanish dolzarb masala bo’lib, uning hal qilishini umumta’lim 
maktablari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarida fizika fanini o’qitishni zamon 
va jamiyat talablari darajasida amalga oshirishni taqozo qilmoqda [2]. 
O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” “Ta’lim to’g’risida” qonuning maqsadi, oliy o’quv yurtlarida fizika fanini 
o’qitishning mazmuni va vazifalari, o’quv fizika eksprementining vazifalari, 
fizikadan masalalar yechish metodikasi, fizika o’quv mavzulariga pedagokik va 
axborot texnologiyalarini qo’llash metodlari, fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, 
o’quvchilarni har tomomlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish va ularning 
mutaxassislik bo’yicha yo’nalishlarini ko’zda tutadi. Tavsiya etilyotgan ushbu o’quv 
dasturida fizika fani yutuqlaridan, Respublikamizning ushbu sohada ishlayotgan 
taniqli olimlar, akademiklar tajribalaridan, ajdodlarimizning qimmatli merosidan va 
ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalaridan, fan va texnikasining turli 
sohalaridagi masalalar o’z aksini topgan.



Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro’yob chiqarish bosqichlarining 
mazmuni va mohiyatini ochib berish, fizikaviy masalalarini turli usullarda yechish 
metodikasini o’rganish, namoyish tajribalarini tayyorlash va ko’rsatish metodikasini 
va texnikasini o’rganish, ta’limda innovatsion va axborot texnalogiyalarni qo’llash 
hamda o’qitish metodikasi bo’yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va 
uzluksizlikda o’rganishdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va 
malakalariga quydagi talablar qo’yiladi. Talabalar asosiy fizika qonunlarini va 
ularning formulalarini, asosiy fizik prinsplarining ma’nosi, mazmuni, harakat 
qonuniyatlari va ularning grafiklarini tahlil qilish, fizik kattaliklarning ma’nosini, 
birliklarni va ularning taqqoslashni, asosiy fizika qononi va jarayonlarni mexanik 
hodisalarga qo’llay bilish, fizika tajribalari, namoyishlar va hodisalarni fizik 
qonunlar, ideallashtirilgan modellar, dars o’tish texnikasi, ochiq darslarni tashkil 
etish metodikasi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi, umumiy talab darajasidagi 
masalalarni yechish va tahlil qilish, fizikaviy masala va tajriba natijalarini har xil 
o’lchov sistemalarida hisoblashda matematik hisoblash usullarini qo’llay bilish 
o’quviga, fizik qonun va formulalarini nostandart masalalarga tadbiq etish, fizik 
qonunlar asosida tavsiflash, umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus o’quv yurtlarida 
dars o’tish, ochiq darslarni tshkil etish, fizika o’quv mavzularida pedagogik va 
axborot texnologiyalarni qo’llashni bilish va ulardan foydalana olish, oddiy 
mexanika laboratoriya ishlarni sozlashni, o’lchash bajarishni va natijalarini 
hisoblashni, eksperiment xatoliklarini hisoblash va sifatini xulosalashni bilishlarini 
kerak. Oliy yurtlarida ma’ruza, laboratoriya, amaliy va semenar mashg’ulotlarini 
tashkil qilish qilish usullarini bilishi, fizik tajribalarni o’tkazish jarayonida fan 
bo’yicha olgan bilimlarini qo’llay olish ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. 
Fizika o’qitish metodikasi o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga 
oshirilgan masalaga doirasida bakalavr Fizika fanini o’qitish metodikasining paydo 
bo’lishi va rivojlanishi, fizika fanini o’qitish texnologiyalari va vositalari, fizika 
o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari, 
hozirgi davrda o’qituvchilil kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni, o’rta umumiy 
ta’lim maktablarda fizika o’qtuvchisining asosiy maqsadlari, oliy ta’lim tizimida 



fizika fanini o’qitishning mazmuni va vazifalari, fizika fanini o’qitishda 
ma’ruzaning roli, fizika kursining tabiiy o’quv fanlari bilan bog’liqligi, fizika 
masalarini klassifikatsiyalash. Turli xildagi masalalarini yechish metodikasi, 
namoyish tajribalarini tayyorlash, ko’rsatish metodikasi va texnikasi. Fizika o’quv 
mavzulariga pedagogik va axborot texnalogiyalarni qo’llash usullari, dars turlari va 
tuzulishlari, turlari va tuzilishlari, turli darslarga o’qtuvchining tayyorgarligi, reja 
konspekt tuzish. Seminar va konferensiya darslarini rejalashtirish, oliy o’quv 
yurtlarida ma’ruza, laboraturiya, amaliy va seminar mashg’ulotlarini tashkil qilish
usullarini bilishi, fizik tajribalarini o’tkazish jarayonida fan bo’yich olgan bilimlarini 
qo’llay olish konikmalarini shaknlantirishi kerak [1]. 




Download 345,17 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish  Fizikani o’qitishda metodik yondashuv

Download 345,17 Kb.
Pdf ko'rish