Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar




Download 53,2 Kb.
bet3/6
Sana14.05.2024
Hajmi53,2 Kb.
#232500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Beshinchi mashg’ulot mavzu Kasbiy motiv va motivasiya, mehnat f

2. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon buladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun xam, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashki olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ruzani konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali, bilimlar zaxirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan nimalarga yunaltirilganiga karab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat Shaxsni o’rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib, u sof psixologik jaraenlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki-aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi.Dastlab predmetli tashqi faoliyat ruy beradi, tajriba orttirib borilgan sari sekin-asta bu harakatlar ichki aqliy jarayonga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida oladigan bo’lsak, bola dastlabki so‘zlarni qattiq tovush bilan tashqi nutqida ifoda etadi, keyinchalik ishida o’zicha gapirishga o’rganib, uylaydigan, mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar quyadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham tashqi muvofiqlik nuqtai nazaridan ongi tomonidan boshqarilib boradi. Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy-motor harakatlar mujassam bo’ladi .Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz?. Agar uylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz, undagi yetakchi faoliyat aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xattoki, tana va qo’l harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir tuxtamga kelolmayotganidan, yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat xis qilayotganligidan darak beradi. Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan – misol uchun, uzum ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon harakatlari ham aqliy komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning va nima uchun ortiqcha ekanligidan anglab bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar-Shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli – tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga alokador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi;
fikrlash faoliyati - aql, faxm – farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboklarni yechishga qaratilgan faoliyat;
imajitiv – («image»-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ruy bergan bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga kura xam farqlanadi. Masalan, shunday bo’lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida xar bir elementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarishni va bunga butun dikkat va ongning yunalishini talab qiladi. Lekin vaqt o’tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga ugirilganda, malaka hosil bo’ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat‘iy tarzda bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni ko’nikmalar deb ataymiz. Ko’nikmalar – doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak, uning shakllanish yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo’li bilan;
tushuntirish yo’li bilan;
ko’rsatish bilan tushuntirishni uygunlashtirish yo’li bilan.
Inson faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi: Bu – muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot- Shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri.Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo’lish, odamlarga o’xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shaxs o’z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nuqtsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O’yin – shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetmaydi.
O’qish faoliyati ham Shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turlarni ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy extiyojlarga asoslangan faoliyat bulib, uning maqsadi, albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne‘matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Xar qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushurish orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetgayunaltirishgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir Shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar- sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.

Download 53,2 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 53,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar

Download 53,2 Kb.